Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda 1 iyuldan tibbiy sug‘urta joriy etiladi Toshkent s | Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati

Toshkentda 1 iyuldan tibbiy sug‘urta joriy etiladi

Toshkent shahrida 2023 yil 1 iyuldan tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ma’lum qildi.

“Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, 2023 yildan boshlab, Davlat tibbiy sug‘urta tizimini Toshkent shahrida joriy qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Biz o‘zimizga majburiyat olgan holda Navoiy viloyatida ham tibbiy sug‘urtani yo‘lga qo‘yamiz”, - degan vazir.

Buning uchun:

bir oy muddatda tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish bo‘yicha qaror ishlab chiqiladi;

Toshkent shahridagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxonani kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlashga 30 mlrd. so‘m yo‘naltiriladi;

Poytaxtda 2023 yil 1 iyuldan tibbiy sug‘urta tizimi mexanizmlari joriy etiladi.

Bunda:

tibbiyot muassasalari to‘liq raqamlashtiriladi;

har bir bemor qachon, qaerda va qanday davolanishi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|