Get Mystery Box with random crypto!

Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ru | Milliy sertifikat | INFO

Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida 07:30 dan boshlab kiritiladi va test sinovlari 09:00 da boshlanadi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi