Get Mystery Box with random crypto!

Chet tili imtihonlarining ko‘p darajali tizimi uchun baholash | Milliy sertifikat | INFO

Chet tili imtihonlarining ko‘p darajali tizimi uchun baholash mezonlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini baholash imtihonining ko‘p darajali tizimi uchun baholash mezonlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Mazkur o‘zgarishlar agentlik Ilmiy-metodik kengashining 2023-yil 16-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlangan va 2023-yil mart oyidan boshlab amaliyotga joriy etilishi belgilangan.

Unga ko‘ra test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball har bir bo‘lim bo‘yicha 75 ballni tashkil etmoqda. Ushbu o‘zgarishlar faqat eng yuqori ballarni qamrab oladi hamda aksariyat talabgorlarning natijalariga ta’sir qilmaydi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot uzbmb.uz saytining “Chet tili boshqarmasi” bo‘limiga joylashtirilgan bo‘lib, yuqoridagi pdf faylda ham o‘zgarishlar bilan tanishishingiz mumkin.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi