Get Mystery Box with random crypto!

Dog‘iston Respublikasida bir nechta teraktlar sodir bo‘ldi “ | Migrant.uz axborot-xizmat portali

Dog‘iston Respublikasida bir nechta teraktlar sodir bo‘ldi

“TASS” agentligining xabar berishicha, jangarilar Dog‘istonning Derbent va Mahachqal’a shaharlarida ikkita pravoslav cherkovi, sinagoga (yahudiylarning diniy markazi) va yo‘l-patrul xizmati xodimlariga hujum qilgan.

Ro‘y bergan otishma oqibatida 6 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 12 nafari yaralangan. Kontrterroristik operatsiya doirasida ikki nafar jangarilar yo‘q qilingani xabar berilmoqda.

Hujum natijasida sinagoga butunlay yoqib yuborilgan. Cherkovlardagi yong’in o‘chirilmoqda.

Dog'istondagi muhojirlarni ehtiyotkorlikka va imkon qadar ayni vaqtda jamoat joylarida yurmaslikka chaqiramiz.

Web-sayt | Instagram | YouTube | @migrantuz