Get Mystery Box with random crypto!

🌼 𝕸𝖊𝖓𝖎𝖓𝖌𝖈𝖍𝖆 🌸

Telegram kanalining logotibi meningcha_official — 🌼 𝕸𝖊𝖓𝖎𝖓𝖌𝖈𝖍𝖆 🌸 𝕸
Telegram kanalining logotibi meningcha_official — 🌼 𝕸𝖊𝖓𝖎𝖓𝖌𝖈𝖍𝖆 🌸
Kanal manzili: @meningcha_official
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 944
Kanalning ta’rifi

❤️ 𝑄𝑎𝑙𝑏𝑔𝑎 𝑦𝑎𝑞𝑖𝑛 𝑠𝑜‘𝑧𝑙𝑎𝑟
🖇 𝐹𝑎𝑙𝑠𝑎𝑓𝑎
🕊 𝑃𝑠𝑖𝑥𝑜𝑙𝑜𝑔𝑖𝑦𝑎
📖 𝑀𝑎𝑧𝑚𝑢𝑛𝑙𝑖 𝑠𝑎𝑡𝑟𝑙𝑎𝑟
📚 𝑀𝑢𝑙𝑜𝒉𝑎𝑧𝑎
"𝑇𝑜𝑧𝑎 𝑞𝑎𝑙𝑏, 𝑏𝑒𝑔‘𝑢𝑏𝑜𝑟 𝑦𝑢𝑟𝑎𝑘𝑙𝑎𝑟 𝑢𝑐𝒉𝑢𝑛 𝑞𝑎𝑙𝑏 𝑘𝑒𝑐𝒉𝑖𝑛𝑚𝑎𝑙𝑎𝑟𝑖..."🌼🕊❤️

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-03-13 07:58:31 ALLOHNING INSON ORGANIZMIDAGI MO’JIZALARI

1. Odam miyasi sig‘imi 4 terabaytdan ko‘proq.
2. Chaqaloq 7 oylikkacha bir vaqtning o‘zida ham sutni yutib, ham nafas ola biladi.
3. Odam bosh chanog‘i 29 xil suyaklardan iborat.
4. Miyadagi asab pulsi soatiga 274 km tezlikda harakatlanadi.
5. Bizning miyamiz bir kunda hosil qiladigan elektr impulsi dunyodagi jami telefonlar hosil qiladigan impulslardan bir barobar ko‘proqni tashkil etadi.
6. Inson yuragi hayoti davomida 182 million litr qonni o‘zidan o‘tkazadi.
7. Charlz Osborn degan odamni 68 yil to‘xtovsiz xiqichoq tutgan ekan.
8. Odamning o‘ng qo‘li chapiga nisbatan 9 yil ko‘proq yashay oladi.
9. Inson o‘zi ko‘radigan tushlarning 99 foizini ertalaboq unutadi.
10. Inson organizmidagi qon tomirlarning jami uzunligi 100 ming kilometrga teng.
11. Bahorda nafas olish darajamiz kuzdagiga nisbatan 1, 5 barobar yuqoriroq bo‘ladi.
12. Odam tana haroratining 80 foizi boshdan chiqadi.
13. Odam dunyodagi chalqancha yotib uxlay oladigan yagona jonzotdir.
14. 4 yashar bola bir kunda o‘rtacha 450 marta ota-onasi yoki yaqinlariga savol beradi.
15. Kindikning ilmiy atamasi umbilikusdir.
16. Chapaqaylar dunyo aholisining atigi 7 foizini tashkil etadi.
17. Olma va banan hidi ozishda yordam beradi.
18. Agar odam boshidagi sochlarning bir umrlik uzunligi hisoblansa, 725 kilometrga yetadi.
19. Odam organizmida yashovchi bakteriyalarning sof vazni 2 kilogrammga teng.
20. Organizmdagi kalsiyning 99 foizi tishlarimizdan joy olgan.
21. Agar organizmimizdagi jami temir moddasini bir joyga to‘plasak, soatning jajjigina vintini yasashgagina yetadi.
22. Aksa urishga majbur etuvchi viruslarning 100 xil turi bor.
23. Hayoti davomida odam terisi 1000 marta yangilanadi.
24. Qo‘ldagi barmoqlarda tirnoq oyoqdagi barmoqlarga nisbatan 4 karra tezroq o‘sadi.
25. Odam organizmidagi mushaklarning eng baquvvati tili hisoblanadi.
26. Odam yuragining hajmi o‘z mushti bilan barobar, vazni esa 220-260 grammga teng.
27. O‘rta yashar odamlar bir kunda 23000 marta nafas olib chiqaradi.
28. Ko‘zlarimiz 10 milliontagacha rangni taniy oladi.
29. Samolyotda uchish jarayonida odam sochi yerdagiga nisbatan ikki karra tezroq o‘sa boshlaydi.
30. Odam suyagi po‘latga nisbatan besh karra mustahkamroqdir.
"BAS, ROBBINGIZNING QAYSI NE’MATLARINI YOLGʻON DEYA OLURSIZ?!"
(ar-Rohman surasi)

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
58 views04:58
Ochish/sharhlash
2023-03-12 13:15:39 TASAVVUF VA RAMAZON

Bir gazetada yozilishicha, koʻchada ketayotgan ikki oʻrtoqdan biri narigisidan soʻrabdi: “Uch kundan keyin oʻlasan deb xabar berishsa, nima qilarding? Narigisi beixtiyor bunday javob beribdi: darhol soʻfiy boʻlardim”.
Bugungi kunning zamonaviy yoshlaridan shunday javob kutilgach, albatta tasavvufning nechogʻli buyuk ahamiyat kasb etganligi maʼlum boʻladi. Oʻlim masalasi koʻndalang qoʻyilganida inson jiddiylashadi, hazilga oʻrin qolmaydi. Shu bois, inson qalbi taskin topadigan kafolatli yoʻlni tanlashi kerak boʻladi.
Chunki Islom tasavvufi — paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yashagan hayot tarzi va shariatning hayotga tatbiq etilishi, ezgulik sogʻinchi, diniy vazifalarning samimiyat bilan ado etilishi, imon asoslarining qalbga singdirilishi — Islomning asli, ruhi va oʻzagidir; ibodatda ehson maqomi, soʻz emas, amaldagi hol, gʻaflat, johiliyat va xurofot emas, ilmu maʼrifat va Hushyorlikdir. Chunki, buyuk din olimlarimizning aksari ayni vaqtda ham avliyo, ham tasavvuf rahnamolari edilar. Tasavvuf esa tafsir, hadis, kalom, aqoid va fiqx ilmlari kabi sharʼiy bir ilmdir. Qurʼon va hadisdan olingan zohiriy fiqhga muqobil botiniy fiqh ilmi, qalb ahvoli ilmi, nafsni poklash ilmidir. Tasavvuf nafsni tarbiyalashdir: sogʻlom iroda, goʻzal xulq, solih amaldir. Tasavvuf yalqovlik, loqaydlik, miskinlik emas, chunki Islom olamida oʻtgan eng buyuk yoʻlboshchilar, faol, gʻayratli kurashchilar, mujohidlar mutasavviflardan chiqqan. Shu bois imperialistlar hali-hanuz ahli tasavvufdan qoʻrqadilar.
Ahli sunnat tasavvufi baʼzi botil yoʻl va tariqatlardagi kufr va safsatalardan xoli, munazzahdir. Bu botil yoʻllar Islom olamining ilmdan yiroq boʻlgan hududlariga keyinchalik qoʻshni, begona madaniyatlardan suqilib kirgan. Tarix mobaynida kufr va zalolat ahliga qarshi tinimsiz kurash olib borganlar ham mutasavviflar boʻlgan.
Sof tasavvuf hayoti, zuhd va taqvo saodat asridan beri mavjud boʻlib, qiyomatgacha yashaydi. Chunki tasavvuf Allohning roziligini qozonish yoʻli, mutasavvif esa eng yaxshi musulmon, haqiqiy moʻmin, muxlis bandadir.
Ramazon oyi ezgulik va irfon birla, basirat koʻzi ila boqilsa, haqiqatda Tasavvuf oyidir. Bu onda oyat va hadislarga binoan bajaradiganimiz toat-ibodatlar orqali haqiqiy darveshga aylanamiz. Chuqur, soʻfiyona hayot kechira boshlaymiz. Qurʼoni karim va sunnati saniyada ochiq aytilishicha, Ramazon roʻzasining maqsad va gʻoyasi nafsni tarbiyalash, taqvo va goʻzal xulqning roʻyobga chiqishidir. Darveshning gʻoyasi ham shular emasmi?

Mahmud Acʼad Joʻshon “Tasavvuf va nafs tarbiyasi” kitobidan.

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
137 views10:15
Ochish/sharhlash
2023-03-12 07:31:19
الدال علي الخير كفاعله:

Ey Allohim seni muxabbatini seni yaxshi koʻrganlarni muxabbatini , va seni muxabbatinga yetkazadigan amalni soʻrayman Allohim oʻzinga boʻlgan muxabbatimni nafsim ahli oilam va muzdek suvdan ham (yani shu suvga boʻlgan muxabbatimdan) ham afzal qilgin!

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
152 views04:31
Ochish/sharhlash
2023-03-11 07:35:07 #Shaxsiy rivojlanish turkumidan
"Ong osti sirlari

ONG NIMA?

Odam ongi orqali borliqdagi narsalarni anglaydi va boshqa mavjudotlardan shu jihatda farq qiladi. Ongning nima ekanligini tushuni uchun, avvalo, ongsizlikni bilish kerak. Misol uchun, ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi bemorlarning ko‘pchiligi ongsiz harakat qilishadi. Ularning ko‘ziga allanimalar ko‘rinib, qulog‘iga qandaydir ovozlar eshitiladi. Kimlar bilandir gaplashadi, kimlardandir qochadi. Bu harakatlarni ular ongsiz ravishda bajaradi. Yoki bo‘lmasa mast holdagi odamni kuzating. U ham ongsiz harakat qilib, ongsiz gapiradi. Mastlik tarqaganda esa hech narsani eslolmaydi.

Es-xush joyida bo‘lgan paytda hamma narsa onda sodir bo‘ladi. Odam o‘z ongini nazorat qila oladi.

Doʻstlaringizga ham ulashing

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
174 views04:35
Ochish/sharhlash
2023-03-10 10:31:02
الحب
Xaqiqiy sevgi bu - "Dadam" kelmaguncha "Onamning" ovqatlanmay o'tirishidir..


@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
202 views07:31
Ochish/sharhlash
2023-03-10 05:01:17
#Bismillah
بِسْـــــــــــــــمِ اللّٰهِ الرَّ حْمَنِ الرَّ حِيم

Assalomu Alaykum va Rahmatulloh va Jannatuh Ta‘ala
Bugungi "Saidul Juma Ayyom"ingiz Muborak bõlsin
Hayirli tong

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
252 views02:01
Ochish/sharhlash
2023-03-09 23:32:34
Juma kuni va kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytish sunnatdir.
Imom Tabaroniy keltirgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

“Kimki menga bir bora salavot aytsa, Alloh unga o‘nta salavot aytadi. Kimki menga o‘nta salavot aytsa, Alloh unga u yuzta salavot aytadi. Kimki menga yuzta salavot aytsa, Alloh uni nifoq va do‘zaxdan ozod deb yozib qo‘yadi va qiyomat kunida shahidlar bilan birga qiladi.

Allohumma solli va sallim va baarik ala Muhammad va ala olihi va ashabihi ajma’iyn!

Juma kuni muborak bo'lsin, dindoshim!

@MeningchA_1

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
197 views20:32
Ochish/sharhlash
2023-03-09 18:53:36
Yuzing tanish ko'zimiz o‘xshash, o‘zi menga kim bo‘lasan BAXT?

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
201 views15:53
Ochish/sharhlash
2023-03-09 09:20:09 CHUMOLILARDA OʻLIM HOLATI

Chumoli oʻlganda oʻzining oʻlganligi haqida boshqa chumolilarni xabardor qiladi. Qanday qilib deysizmi?
Olimlarning oʻrganishlariga koʻra chumoli oʻlish vaqtida oʻzidan maxsus bir xid tarqatadi. Ushbu xidni sezgan boshqa chumolilar oʻlgan chumoli tomonga shoshiladilar va uni boshqa xasharotlar kelib yeb qoʻymasinlar uchun uni dafn qilishga oshiqadilar.
Olimlar oʻlgan chumolidan chiqadigan moddadan olib tirik chumolining tanasiga tekkizib qoʻydilar va kuzatdilar. Shunda atrofdan chumolilar kelib tirik chumolini koʻtarib koʻmishga olib keta boshladilar. Olib borib uni tirklayin koʻmdilar. Koʻmilgan chumolining tanasidagi maxsus xid tarqatuvchi modda olib tashlangach, chumolini  tek qoʻyishdi va yashashga ruxsat berishdi.
Insonlar oʻzlarining vafot etgan kishilarini dafn qilganlaridek, chumolilar ham oʻlgan chumolilarni dafn qilishar ekan. Chumolilar ham insonlarga oʻxshab oʻliklarini maxsus qabristonlarga dafn qilishar ekan. Qabriston uchun unumdor, obod joylarni emas, balki chekkaroq, yashash manzillaridan uzoqroq joylarni tanlar ekanlar.
Chumolilar ham xuddi insonlar kabi mayyitni soʻngi manzilga katta jamoat boʻlib kuzatadilar. Bir kunda oʻnlab, gohida yuzlab chumolilar nobud boʻladi. Ularni dafnida ishtirok etgan chumolilarga oʻlikdan chiqqan xid oʻrnashib qoladi. Qabristondan qaytayotgan chumolilar oʻzlariga yopishgan xidni ketkazish uchun, badanlarini yalaydilar. Agar shunday qilmasalar, ularni ham oʻlganlar qatorida koʻmib yuborishlariga toʻgʻri keladi.
Bu ajoyibotni koʻrib, beixtiyor subhanalloh deysiz.
Shu oʻrinda Alloh taoloning quyidagi oyati yodga keladi:

وَمَا مِنْ دَابَّةٍ فِي الْأَرْضِ وَلَا طَائِرٍ يَطِيرُ بِجَنَاحَيْهِ إِلَّا أُمَمٌ أَمْثَالُكُمْ مَا فَرَّطْنَا فِي الْكِتَابِ مِنْ شَيْءٍ ثُمَّ إِلَى رَبِّهِمْ يُحْشَرُونَ
“Yerdagi biror jonivor va biror ikki qanoti bilan uchadigan parranda yoʻqki, (ular ham) sizlar kabi ummatlar boʻlmasalar. Kitobda (Lavhul-Mahfuzda) biror narsani (yozmasdan) qoldirmaganmiz. Soʻngra (hamma ummatlar) Parvardigorlari (huzuri)ga jamlanurlar” (Anʼom surasi, 38-oyat).

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
248 viewsedited  06:20
Ochish/sharhlash
2023-03-08 17:19:14
Qanday sovg'a qabul qilish emas, Sovg'ani qanday qabul qilish insonning kimligini bildiradi..!

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
246 viewsedited  14:19
Ochish/sharhlash