Get Mystery Box with random crypto!

TASAVVUF VA RAMAZON Bir gazetada yozilishicha, koʻchada ket | 🌼 𝕸𝖊𝖓𝖎𝖓𝖌𝖈𝖍𝖆 🌸

TASAVVUF VA RAMAZON

Bir gazetada yozilishicha, koʻchada ketayotgan ikki oʻrtoqdan biri narigisidan soʻrabdi: “Uch kundan keyin oʻlasan deb xabar berishsa, nima qilarding? Narigisi beixtiyor bunday javob beribdi: darhol soʻfiy boʻlardim”.
Bugungi kunning zamonaviy yoshlaridan shunday javob kutilgach, albatta tasavvufning nechogʻli buyuk ahamiyat kasb etganligi maʼlum boʻladi. Oʻlim masalasi koʻndalang qoʻyilganida inson jiddiylashadi, hazilga oʻrin qolmaydi. Shu bois, inson qalbi taskin topadigan kafolatli yoʻlni tanlashi kerak boʻladi.
Chunki Islom tasavvufi — paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yashagan hayot tarzi va shariatning hayotga tatbiq etilishi, ezgulik sogʻinchi, diniy vazifalarning samimiyat bilan ado etilishi, imon asoslarining qalbga singdirilishi — Islomning asli, ruhi va oʻzagidir; ibodatda ehson maqomi, soʻz emas, amaldagi hol, gʻaflat, johiliyat va xurofot emas, ilmu maʼrifat va Hushyorlikdir. Chunki, buyuk din olimlarimizning aksari ayni vaqtda ham avliyo, ham tasavvuf rahnamolari edilar. Tasavvuf esa tafsir, hadis, kalom, aqoid va fiqx ilmlari kabi sharʼiy bir ilmdir. Qurʼon va hadisdan olingan zohiriy fiqhga muqobil botiniy fiqh ilmi, qalb ahvoli ilmi, nafsni poklash ilmidir. Tasavvuf nafsni tarbiyalashdir: sogʻlom iroda, goʻzal xulq, solih amaldir. Tasavvuf yalqovlik, loqaydlik, miskinlik emas, chunki Islom olamida oʻtgan eng buyuk yoʻlboshchilar, faol, gʻayratli kurashchilar, mujohidlar mutasavviflardan chiqqan. Shu bois imperialistlar hali-hanuz ahli tasavvufdan qoʻrqadilar.
Ahli sunnat tasavvufi baʼzi botil yoʻl va tariqatlardagi kufr va safsatalardan xoli, munazzahdir. Bu botil yoʻllar Islom olamining ilmdan yiroq boʻlgan hududlariga keyinchalik qoʻshni, begona madaniyatlardan suqilib kirgan. Tarix mobaynida kufr va zalolat ahliga qarshi tinimsiz kurash olib borganlar ham mutasavviflar boʻlgan.
Sof tasavvuf hayoti, zuhd va taqvo saodat asridan beri mavjud boʻlib, qiyomatgacha yashaydi. Chunki tasavvuf Allohning roziligini qozonish yoʻli, mutasavvif esa eng yaxshi musulmon, haqiqiy moʻmin, muxlis bandadir.
Ramazon oyi ezgulik va irfon birla, basirat koʻzi ila boqilsa, haqiqatda Tasavvuf oyidir. Bu onda oyat va hadislarga binoan bajaradiganimiz toat-ibodatlar orqali haqiqiy darveshga aylanamiz. Chuqur, soʻfiyona hayot kechira boshlaymiz. Qurʼoni karim va sunnati saniyada ochiq aytilishicha, Ramazon roʻzasining maqsad va gʻoyasi nafsni tarbiyalash, taqvo va goʻzal xulqning roʻyobga chiqishidir. Darveshning gʻoyasi ham shular emasmi?

Mahmud Acʼad Joʻshon “Tasavvuf va nafs tarbiyasi” kitobidan.

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy