Get Mystery Box with random crypto!

🌼 𝕸𝖊𝖓𝖎𝖓𝖌𝖈𝖍𝖆 🌸

Telegram kanalining logotibi meningcha_official — 🌼 𝕸𝖊𝖓𝖎𝖓𝖌𝖈𝖍𝖆 🌸 𝕸
Telegram kanalining logotibi meningcha_official — 🌼 𝕸𝖊𝖓𝖎𝖓𝖌𝖈𝖍𝖆 🌸
Kanal manzili: @meningcha_official
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 944
Kanalning ta’rifi

❤️ 𝑄𝑎𝑙𝑏𝑔𝑎 𝑦𝑎𝑞𝑖𝑛 𝑠𝑜‘𝑧𝑙𝑎𝑟
🖇 𝐹𝑎𝑙𝑠𝑎𝑓𝑎
🕊 𝑃𝑠𝑖𝑥𝑜𝑙𝑜𝑔𝑖𝑦𝑎
📖 𝑀𝑎𝑧𝑚𝑢𝑛𝑙𝑖 𝑠𝑎𝑡𝑟𝑙𝑎𝑟
📚 𝑀𝑢𝑙𝑜𝒉𝑎𝑧𝑎
"𝑇𝑜𝑧𝑎 𝑞𝑎𝑙𝑏, 𝑏𝑒𝑔‘𝑢𝑏𝑜𝑟 𝑦𝑢𝑟𝑎𝑘𝑙𝑎𝑟 𝑢𝑐𝒉𝑢𝑛 𝑞𝑎𝑙𝑏 𝑘𝑒𝑐𝒉𝑖𝑛𝑚𝑎𝑙𝑎𝑟𝑖..."🌼🕊❤️

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-08 04:40:13 𝙄𝙨𝙡𝙤𝙢𝙙𝙖 𝘼𝙮𝙤𝙡𝙜𝙖 𝙛𝙖𝙦𝙖𝙩 𝙖𝙮𝙣𝙖𝙣 8-𝘮𝘢𝘳𝘵𝙙𝙖 𝙨𝙤𝙫𝙜'𝙖 𝙗𝙚𝙧𝙞𝙨𝙝 𝙠𝙚𝙧𝙖𝙠 𝙙𝙚𝙜𝙖𝙣 𝙣𝙖𝙧𝙨𝙖 𝙮𝙤'𝙦 !
𝙕𝙚𝙧𝙤 𝘼𝙮𝙤𝙡𝙡𝙖𝙧𝙞𝙢𝙞𝙯
𝙓𝙖𝙧-𝙠𝙪𝙣𝙞 𝙚'𝙯𝙤𝙯𝙙𝙖𝙙𝙪𝙧..

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
294 views01:40
Ochish/sharhlash
2023-03-07 22:00:54
Qadrli opa singillar, mehribon ayollar. Sizlarni fasllar kelinchagi boʻlmish bahor ayyomi 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami bilan tabriklayman...

Sizlarni sogʻlik, bahoriy goʻzallik, baxt hech qachon tark etmasin...

Yuzingizdagi tabassum faqat quvonchdan bo'lsin...

Allohim hamisha sizlarni asrasin...

Oʻzingizni ehtiyot qiling...

BAYRAM MUBORAK BOʻLSIN....

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
503 views19:00
Ochish/sharhlash
2023-03-06 18:42:14
Bu yilgi "Baroat" kechasi milodiy 6-mart Dushanbadan 7-mart Seshanbaga õtar kechasi to‘g‘ri kelmoqda ! Ya'ni bugun..
"Baroat" kechasini zikr, du'a va turli ibodatlar bilan bedor o‘tkazish Mustaxab amallardan sanaladi !

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
321 viewsedited  15:42
Ochish/sharhlash
2023-03-06 18:20:08 Hayotim davomida juda ko'p soxta insonlar ko'rdim. Ko'p xiyonat-u yolg'onlar qurboni bo'ldim. Shunchalar dilim og'ritishdiki Allohdan "KUCH BER HAMMASIGA KULIB TURIB, JAVOB QAYTARAY" deb iltijo qildim va buni epladim. Hammasiga kulib boqdim. Yolg'onini bilib tursamda, xiyonatini sezib tursamda, soxtaligini ko'rib tursam-da jimgina hammalarini kuzatdim.
Lekin hozir yig'layapman...
Nimaga deysizmi? Qadrsiz insonlar qadrlaganim uchun. Ularga bergan mehrim, ishonchim, sof tuyg'ularim hamma-hammasi uchun! Aytshadi-yu hayotda qanchalar ko'ngli toza bo'lsa shunchalar qiynalasan deb. Lekin bularni hammasi mani yanada kuchli, irodali, qat'iyatli, sabrli inson qildi... Allohim suygan bandalarini shunaqa ko'zyoshlar, dardlar, sinovlar, tashvishlar bilan sinarkan. Hammasi uchun ham shukr. Yaxshini yomondan, yomonni yaxshidan ajrata oldim. Oqni qora, qorani oq deydiganlar do‘st bo‘lmasligini angladim. Ming seni sevgan, ardoqlagan, hurmat qilgan insonlaring senga pichoq sanchishi, dil og‘ritishi, ko‘ngil sovutishi qanchalar azobli ekanini his qildim. O‘zinga o‘zing g‘amxo‘rlik qilmasang senga hech kim o‘zingdek g‘amxo‘r bo‘la olmasligini tushunib yetdim. Qanchalik mehr bersang qadring pasayishini sezdim.
Allohdan, ot-onangdan va o‘zingdan boshqalar senga g‘amxo‘r bo‘lmas ekan.

Ey o‘zini sevib, o‘zgani qadrini bilmaganlar, Allohdan qo'rqing dilim og'ritgan dilozorlarim...
Sizni Allohga topshirdim!

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
309 viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2023-03-06 14:16:01
Insonlarning yomon xislatlariga ko'nikkanimda hech nima qilib bo'lmasligiga amin bo'lib, ichimga yutgan bo'lardim.
"Bu yomonlarning orasidagi yaxshisi", - deya olganimda vaqt
o'tib o'zim ham yomon insonga aylanardim. Chunki qora rang qalbda qora dog' qoldiradi va vaqt o'tib sizni butunlay egallab oladi. Yaxshi inson bo'lish kerak. Zamonga, insonlarga qasdma-qasd emas, balki baxtli bo'lish uchun ham yaxshi inson bo'lish kerak. Chunki Alloh doimo yaxshi insonlar uchun go'zal xotima tayyorlab qo'ygan bo'ladi. Yaxshi inson qiyin kunlarini boshidan kechirib
boʻlgach, qarshisidan go'zal, gullarga to'la bir yo'l chiqadi...
Yiqilmasligimga amin edim, yiqildim. O'rnimdan turolmasligimga ham amin edi, ammo turdim. Balki, birdaniga yugurolmagandirman, ammo o'rnimdan turishim bilan yurib ketdim. Insonlarning yomon tomonlarini ko'nika olmadim, shu tufayli yolg'izlikka ko'nikdim.

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
280 views11:16
Ochish/sharhlash
2023-03-06 10:12:01 Xafa bo'lmasligi uchun qancha ko'p harakat qilsangiz, o'zingiz shuncha ko'p xafa qilinasiz. Ba'zan mayda narsalarga e'tibor berib yurish to'g'ri ish emas. Yaxshilab o'ylang. Qanchalik ko'p e'tibor ko'rayotgan bo'lsangiz, siz ham shunchalik ko'p e'tibor ko'rsating. Siz tomon bir qadam tashlagan insonga o'n qadam yaqinlashmang, kerak bo'lsa ortga bir qadam tashlang. Aytishganidek, qochayotgan inson, baribir, quviladi.
Yaxshilab o'ylab ko'raylik, hech kimga yanglish munosabatda bo'lmaylik, biz xafa bo'lgan paytimizda sur'atlarimizga tikilib qolmasliklari uchun tuyg'ularimizni to'xtatib turdik. Xo'sh, natijada nima bo'ldi? Hech nima.
Xo'sh, nima uchun shunday bo'ladi? E'tibor ko'rsatgan insonlarimiz nima uchun o'zgarib qolishadi? Jonimizni ham berishga tayyor bo'lgan insonlarimiz nima sababdan barcha aybni bizga ag'darib, bizni aybdordek ko'rsatishga intilishadi bilasizmi? Chunki ularga juda ham samimiy munosabatda bo'lamiz. Ular yuziga solinmaydigan har bir qusurini o'zlari uchun ustunlik hisoblashadi.
Ba'zi narsalarni majburlab qildirib bo'lmaydi. Xuddi qalbi loyga botgan qalblardan jannat izlab bo'lmaganidek.

Kaktuslar ham gullaydi...

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
249 viewsedited  07:12
Ochish/sharhlash
2023-03-06 06:08:01
Dardga gap kor qilmaydi, aziz sevgilim. Hayotni dard bilan o'rgana olasiz. Hech qachon azob chekmagan inson bo'lish omad nishonasi emas. Dard insonga hayotning bir kun yakuniga yetishini, bu dunyo hayoti foniy ekanligini ko'rsatib qo'yadi. Dard, kechaning yarmida qalbingizga sanchilib, uyquning eng shirin paytida o'zini eslatib qo'yadi.
"Bu dardlar hech qachon tugamaydi", - deb o'ylagan vaqtingizda dardlarning tugash nishonasi o'zini ko'rsatadi.

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
279 views03:08
Ochish/sharhlash
2023-03-05 16:24:07 Men barchani kechirdim. Kim nima qilgan bo'lsa ham, baribir, kechirdim. Ba'zi insonlardan qilgan ishlari uchun hisob ham so'ralmaydi. Hisob so'rashni bilishganda edi, birovga nisbatan adolatsizlik qilmagan bo'lishar edi.
Ular mening hayotimdan chiqib ketib, o'z hayotidan quvonib, xursand bo'lisharkan, men baxtsiz qiyofada ularga nisbatan nafratim bilan yashay olmasdim, ustiga-ustak, ularning hayotimga qaytadan aralashishlariga izn berolmasdim.
Hayotimdan chiqib ketgan har kimsaga oq yo'l tilayman. "Men o'z yo'limni tanlab oldim, bundan keyin boshqa uchun o'z yo'limdan ortga qaytmayman. Yonimga kelishni istagan men bilan birga yo'lga chiqadi, charchagan ortga qaytadi, shunda yarim yo'lda qolib ketmayman", - dedim o'zimga o'zim.
Qo'ying, ketgan ortga qaytmasin. Yurangizga og'ir zarba tushirgan inson qaytib kelsa, baxtli bo'lishingiz mumkinligini o'ylayapsizmi?
Hayotingizdan chiqib ketgan insonning qaytib kelmasligini, kelganda ham, avvalgi tuyg'ular bo'lmasligini tan oling. O'zingizga yangi bir yo'l kashf eting. Nimalarni boshingizdan o'tkazganingizni va insonlarning nima maqsad bilan hayotingizga kirib chiqqanlarini siz bilolmaysiz-ku. Balki, bularning bari sizni go'zal kelajak uchun tayyorlab borayotgandir.
Siz qo'lingizdan kelgan ishni qildingiz. Natijasi yaxshi bo'lmagan bo'lsa: "Allohning bir bilgani bordir", - deyishingiz Allohga qilingan eng go'zal tobelikdir.

Kaktuslar ham gullaydi...

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
297 viewsedited  13:24
Ochish/sharhlash
2023-03-05 08:10:36
Farhod Mannopov juda yaxshi yigit edi. Onasini qattiq eʼzozlardi. Koʻngli tozaligi yuzidan bilinib turadigan samimiy inson edi. Oʻlim yosh tanlamaydi.

ALLOH rahmatiga olsin. Hisob-kitob qilmay jannatiga kirgazsin ROBBIM. Onasi, ayoli, jondan aziz doʻsti Ulugʻbek va yaqinlariga sabri jamiyl tilaymiz.

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy
354 views05:10
Ochish/sharhlash