Get Mystery Box with random crypto!

#savolimbor Ассалому алайкум, саволим бориди. Ички мехнат тарт | Mehnat huquqi

#savolimbor Ассалому алайкум, саволим бориди. Ички мехнат тартиб коидаларига мехнат таътили берилмайди, кассаллик варакалари хам туланилмайди деб езса буладими

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Bu mutlaqo ga’yriqonuniy hisoblanadi. Siz aytgan qoidalar ichki mehnat tartibi qoidalariga kiritilgan taqdirda ham, sariq chaqalik ahamiyatga ega bo’lmaydi, hattoki barcha xodimlar rozi bo’lgan taqdirda ham.

MK 8-moddasiga ko’ra, har qanday normativ-huquqiy hujjat xodimning huquqiy holatini yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak.

Hech bir ichki hujjat, ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjati xodimning huquqiy holatini normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.

Bundan tashqari, MK 13-moddasi 2-qismiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka nisbatan yomonlashtiruvchi qoidalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, MK 214-moddasiga ko’ra, ish beruvchi:

xodimlarga qonunchilikda kafolatlangan ta’tillar berishi;
xodimlarga davomiyligi qonunchilikda kafolatlanganidan kam bo‘lmagan ta’tillar berilishini ta’minlashi;
ta’tillar berish tartibiga rioya etishi;
xodimlarga jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillar sohasidagi qo‘shimcha huquq va kafolatlarni berishi shart.

Bundan tashqari, MK 281-moddasiga ko’ra, ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart:

qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashi.


Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi