Get Mystery Box with random crypto!

Harbiy xizmatchilarga ham o'quv ta'tili beriladimi? #savolimb | Mehnat huquqi

Harbiy xizmatchilarga ham o'quv ta'tili beriladimi?

#savolimbor Assalomu alaykum, men harbiy xizmatchiman. Sirtqi ta'limga o’qishga kirganman. Menga ham MK 385-moddasidagi kafolatlar beriladimi, chunki menga faqat bir marta o’quv ta’tili berilmoqda?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Avvalo, gapni MK 11-moddasidan boshlasak. Unga ko’ra, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi:
xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarga;
yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

… Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek ichki ishlar va davlat bojxona xizmati organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatida, Milliy gvardiyasida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning maxsus qonunchilikka zid bo‘lmagan qismi tatbiq etiladi.

Ya’ni sodda qilib aytganda, harbiy xizmatchilarga nisbatan Mehnat kodeksidagi barcha qoidalarni birdek tatbiq qila olmaymiz. Ularga nisbatan, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning maxsus qonunchilikka zid bo‘lmagan qismi tatbiq etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qaroriga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida” nizom fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida, harbiy xizmatni o‘tash nazarda tutilgan vazirliklar, qo‘mitalar va idoralarda chaqiruv va kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashi, shuningdek, Qurolli Kuchlar rezervi (zaxirasi)dagi fuqarolar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi https://lex.uz/ru/docs/-4513434

Mazkur nizomning 270-bandiga ko’ra, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga quyidagi qo‘shimcha ta’tillar beriladi: oliy ta’lim muassasalariga, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga kirish imtihonlarini topshirish va ularda tahsil olish vaqtida (biroq yiliga ko‘pi bilan marta); ijodiy; oilaviy sharoiti tufayli; jangovar harakatlarda qatnashganligi uchun; rag‘batlantirish tariqasida.

Nizomning 272-bandiga ko’ra, o‘quv ta’tilining muddati ta’lim muassasasi joylashgan joyga borish va qaytish vaqtiga uzaytiriladi.

Demak, xulosa qilsak, harbiy xizmatchilarga MK 385-moddasi emas, balki “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida” nizom qoidalari tatbiq qilinadi. Demak, Sizga yiliga ko‘pi bilan bir marta o’qub ta’tili beriladi. Bir yilda 2 marta sessiya bo’ladiku 2-sessiya davrida o’zingizning har yilgi mehnat ta’tilingizni olishingiz mumkin.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi