Get Mystery Box with random crypto!

Mehnat huquqi

Telegram kanalining logotibi mehnathuquqi — Mehnat huquqi
Kanaldagi mavzular:
Savolimbor
Kanal manzili: @mehnathuquqi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 24.82K
Kanalning ta’rifi

🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savolingizga javob olasiz bepul asosda;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-19 10:20:41 #savolimbor Ассалому алайкум устоз. Яхшимисиз. Саволим бор эди. Ходимизнинг ногиронлик гурухини III га туширишибди.  III гурух ногиронлиги бор ходимларга кандай имтиезлар борлигини топмадим. Ердам берсангиз. Сизга олдиндан рахмат. Asos: MK 12, 13, 223, 423…
5.2K viewsMuhammadamin Karimjonov, 07:20
Ochish/sharhlash
2024-05-18 11:15:44 #savolimbor? O’rindoshlarga “dekret puli” berilmaydimi? Shunday qaror chiqqan deyishyapti?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

O’rindoshlarga ham “dekret puli” beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida” Nizomning 18-bandiga ko’ra, o‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir. Nizomning 19-bandiga ko’ra, sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.

Unda o’rindoshlarga “dekret puli” berilmaydi degan asossiz gaplar qayerdan chiqdi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga 1-ilova “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandiga ko’ra, ushbu nizom budjet tashkilotlarida, shu jumladan, o‘rindoshlik asosida ishlaydigan ayollarga tatbiq etilmaydi. Mana shu normani ko’pchilik xato tushunib, endi o’rindoshlarga “dekret puli” berilmas ekan deb noto'g'ri talqin qilmoqda.

Aslida esa o’rindoshlik asosida budjetdan tashqari tashkilotda ishlovchi ayollarga minimal iste’mol xarajatlarining baravari miqdori ya'ni 2 million 592 ming “dekret puli” davlat tomonidan kompensatsiya qilinmaydi, lekin bu holatda bu toifa ayollarga dekret puli to'liq ish beruvchilarning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Agar Sizga o’rindoshlik joyingizdan dekret pullaringiz to’lab berilmasa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling: 1000 yoki +99871 210 00 00 (Prezident virtual qabulxonasi), +99871 200 06 00 (Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi) 1007 (Bosh prokuratura) , 1008 (Adliya vazirligi).

Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi 49-3-moddasiga koʼra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʼish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda toʼlash boʼyicha majburiyatdan boʼyin tovlash, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʼlsa, bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
6.6K viewsMuhammadamin Karimjonov, 08:15
Ochish/sharhlash
2024-05-18 07:13:12 #savolimbor Assalomu alaykum, xususiy tashkilotlar yangi kodeks bo’yicha dekret ta’tili bermaslikka haqlimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi

Xususiy tashkilotlar ham "dekret ta'tili" berishga majbur. Mehnat kodeksinining 237-moddasiga ko’ra, ushbu Kodeksga muvofiq xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillarni olish huquqidan foydalanadi:

homiladorlik va tug‘ish ta’tillari (ushbu Kodeksning 404-moddasi);

bola parvarishlash ta’tili (ushbu Kodeksning 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari);

o‘quv ta’tili (ushbu Kodeksning 385-moddasining birinchi qismi);

ijodiy ta’tillar (ushbu Kodeksning 387-moddasining birinchi qismi).

Xodimlarga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.

E’tibor bering! homiladorlik va tug‘ish ta’tili va boshqa ijtimoiy ta’tillar ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar ya’ni xususiymi, budjet tashkilotimi taqdim qilinadi va “dekret puli” to’lab beriladi.

Ish beruvchi xodimga “dekret puli”ni to’lab bermasachi?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 49-3-moddasiga ko‘ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (5 million 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 30 baravarigacha (10 million 200 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling:

Prezident virtual qabulxonasi +99871 210 00 00

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi +99871 200 06 00

Bosh prokuratura – 1007;

Adliya vazirligi – 1008.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
5.2K viewsMuhammadamin Karimjonov, 04:13
Ochish/sharhlash
2024-05-17 14:15:09
Bugun, 17-may kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari
Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti (Абай атындағы Қазақ ұлттық педагогикалық университеті) "Tarix va huquq" fakulteti talabalariga mehnat huquqining dolzarb mavzulari bo'yicha seminar-treninglar olib bordilar.
5.7K viewsMuhammadamin Karimjonov, 11:15
Ochish/sharhlash
2024-05-16 12:21:08 #savolimbor Ассалому алайкум, саволим бориди. Ички мехнат тартиб коидаларига мехнат таътили берилмайди, кассаллик варакалари хам туланилмайди деб езса буладими

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Bu mutlaqo ga’yriqonuniy hisoblanadi. Siz aytgan qoidalar ichki mehnat tartibi qoidalariga kiritilgan taqdirda ham, sariq chaqalik ahamiyatga ega bo’lmaydi, hattoki barcha xodimlar rozi bo’lgan taqdirda ham.

MK 8-moddasiga ko’ra, har qanday normativ-huquqiy hujjat xodimning huquqiy holatini yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak.

Hech bir ichki hujjat, ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjati xodimning huquqiy holatini normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.

Bundan tashqari, MK 13-moddasi 2-qismiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka nisbatan yomonlashtiruvchi qoidalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, MK 214-moddasiga ko’ra, ish beruvchi:

xodimlarga qonunchilikda kafolatlangan ta’tillar berishi;
xodimlarga davomiyligi qonunchilikda kafolatlanganidan kam bo‘lmagan ta’tillar berilishini ta’minlashi;
ta’tillar berish tartibiga rioya etishi;
xodimlarga jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillar sohasidagi qo‘shimcha huquq va kafolatlarni berishi shart.

Bundan tashqari, MK 281-moddasiga ko’ra, ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart:

qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashi.


Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
6.7K viewsMuhammadamin Karimjonov, 09:21
Ochish/sharhlash
2024-05-16 08:14:44 Harbiy xizmatchilarga ham o'quv ta'tili beriladimi?

#savolimbor Assalomu alaykum, men harbiy xizmatchiman. Sirtqi ta'limga o’qishga kirganman. Menga ham MK 385-moddasidagi kafolatlar beriladimi, chunki menga faqat bir marta o’quv ta’tili berilmoqda?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Avvalo, gapni MK 11-moddasidan boshlasak. Unga ko’ra, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi:
xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarga;
yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

… Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek ichki ishlar va davlat bojxona xizmati organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatida, Milliy gvardiyasida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning maxsus qonunchilikka zid bo‘lmagan qismi tatbiq etiladi.

Ya’ni sodda qilib aytganda, harbiy xizmatchilarga nisbatan Mehnat kodeksidagi barcha qoidalarni birdek tatbiq qila olmaymiz. Ularga nisbatan, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning maxsus qonunchilikka zid bo‘lmagan qismi tatbiq etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qaroriga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida” nizom fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida, harbiy xizmatni o‘tash nazarda tutilgan vazirliklar, qo‘mitalar va idoralarda chaqiruv va kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashi, shuningdek, Qurolli Kuchlar rezervi (zaxirasi)dagi fuqarolar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi https://lex.uz/ru/docs/-4513434

Mazkur nizomning 270-bandiga ko’ra, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga quyidagi qo‘shimcha ta’tillar beriladi: oliy ta’lim muassasalariga, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga kirish imtihonlarini topshirish va ularda tahsil olish vaqtida (biroq yiliga ko‘pi bilan marta); ijodiy; oilaviy sharoiti tufayli; jangovar harakatlarda qatnashganligi uchun; rag‘batlantirish tariqasida.

Nizomning 272-bandiga ko’ra, o‘quv ta’tilining muddati ta’lim muassasasi joylashgan joyga borish va qaytish vaqtiga uzaytiriladi.

Demak, xulosa qilsak, harbiy xizmatchilarga MK 385-moddasi emas, balki “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida” nizom qoidalari tatbiq qilinadi. Demak, Sizga yiliga ko‘pi bilan bir marta o’qub ta’tili beriladi. Bir yilda 2 marta sessiya bo’ladiku 2-sessiya davrida o’zingizning har yilgi mehnat ta’tilingizni olishingiz mumkin.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
6.1K viewsMuhammadamin Karimjonov, 05:14
Ochish/sharhlash
2024-05-13 16:39:57 Mehnat kodeksining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Buni bilishni istasangiz unda quyidagi havola orqali o’tib videoni ko’rishingiz mumkin.



Mehnat kodeksi 2-moddasi
Tahlilning boshlanish vaqti: 11:12

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
5.1K viewsMiryoqub Raximov, edited  13:39
Ochish/sharhlash
2024-05-13 12:00:31 #savolimbor Иш ҳақи сақланмаган таътил даврида ходим касал бўлиб қолса, вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси тўланадими?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

“Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида”ги Низом 22-бандига кўра https://lex.uz/docs/357102, вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик иш ҳақи сақланмаган таътил даврига тўғри келганда нафақа тўланмайди.

Ушбу даврларда бошланиб, давом этаётган меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси ходим ишга чиқиши (лавозимга тикланиши) лозим бўлган кундан бошлаб берилади.

Мисол: Ходим 2024 йилнинг 1 майидан 10 кунга иш ҳақи сақланмаган таътилга чиқди. 5-10 май санаси ходим касал бўлиб қолди. Ишга чиқиш санаси 11 май эди, лекин касаллик давом этиб ходим 20 май санасидан ишга чиқди.

Демак, бу ҳолатда 5-10 май кунлари учун вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси тўланмайди, чунки касаллик даври иш ҳақи сақланмаган таътил даврига тўғри келмоқда.

Бироқ 11-20 май даври учун вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси тўланади, чунки ходимнинг иш ҳақи сақланмаган таътил даври 10-май санасида тугаган.

Иш ҳақи сақланмаган таътилга чиқиш ҳамда расмийлаштириш тартиби ушбу мақоламизда батафсил тушунтирилган: https://t.me/mehnathuquqi/4779

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
5.5K viewsMuhammadamin Karimjonov, edited  09:00
Ochish/sharhlash
2024-05-12 09:17:15 #savolimbor Ассаламу алайкум! Ходим бушашга ариза езиб кетти, 2хафта ишлаб бериш ниятида эмас. Бошка иш топибди. Трудовой книжкаси олиб кетмади. Аризани езди кетди. ТК ни кандай жунатсам булади? Asos: MK 160, 170-171-moddalari. https://t.me/mehnathuquqi…
5.9K viewsMuhammadamin Karimjonov, 06:17
Ochish/sharhlash
2024-05-12 09:08:03 #savolimbor Ассаламу алайкум! Ходим бушашга ариза езиб кетти, 2хафта ишлаб бериш ниятида эмас. Бошка иш топибди. Трудовой книжкаси олиб кетмади. Аризани езди кетди. ТК ни кандай жунатсам булади?

Asos: MK 160, 170-171-moddalari.

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi
  :

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
5.6K viewsMuhammadamin Karimjonov, 06:08
Ochish/sharhlash