2021-02-13 07:43:08
Sulidan tayyorlangan kisel o't va peshob qoplaridagi toshni eritadi.
Sulidan tayyorlangan kisel oshqozon, jigar va buyrakka juda foydali. U o't va peshob qoplaridagi toshlarni eritadi, qondagi xolesterinni kamaytiradi. Suli quvvatni tiklab, insonga kuch bag'ishlaydi, depressiya vaqtida juda yaxshi yordam beradi.
Suli kiselini tayyorlash uchun 1 stakan suli yormasi va 5 stakan suv kerak bo'ladi.
Sulini yaxshilab yuvib, suvga solib, olovga qo'yamiz va suyuq kisel holiga kelguncha past olovda qaynatamiz. Keyin dastlabki miqdorga kelguncha sut qo'shib, qaynatishda davom etamiz.
Olovdan olib biroz sovitganimizdan keyin 4 osh qoshiq yoki ta'bga yarasha asal qo'shamiz. Kun bo'yi istalgancha iste'mol qilish mumkin.
SIZ UCHUN ENG YAXSHILARI ILINAMIZ
BIZ BILAN QOLING ENG YAXSHILARI OLDINDA
OBUNA BOʻLISH
@MASHQLAR_1
896 viewsedited 04:43