Get Mystery Box with random crypto!

Alloh ramazondan go'dakdek poklanib chiqqan bo'lmoqlikni nasib | Marvarid_dil

Alloh ramazondan go'dakdek poklanib chiqqan bo'lmoqlikni nasib qilgan bo'lsin. Kelasi Ramazonga bundan ko'proq ilm, bundan ortiqroq taqvo, bundan yaxshiroq hushu va huzur va sog'lomlikda yetaylik. Qatorimizdan kam bo'lmay yetaylik. Alloh Ramazonda qilgan duolarimizni komil ijobatini bersin, kamchiliklari bor bo'lsada O'zining Kariym, Rahmonu Aziz go'zal sifatlari ila rahm aylab ibodatlarimizni qabul qilsin, siddiqlarning, muttaqiyinlarning ibodatlaridek mukammal qabul qilsin ilohim. Insonlarni bir biriga shavqatli qilsin, och va uyi yo'qlarni qalbiga taskinlik, hayotiga kushoyish bersin. Alloh Ummati Muhammadni izzatini qaytarsin. Ne ajabki, in shaa Allah bizni sabab qilsa. Ichimizdan, zurriyotlarimizdan nafaqat islom ummatiga balki butun olamga foydasi tegadigan olimu fuzalolarni chiqarsa.. In shaa Allah.
Haqiqiy ayyomimiz muborak bo'lsin yaxshilar... Allohim bizga bayram qilib bergan bayram muborak azizlar.
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuhu!

Dilnavoz B.T.