Get Mystery Box with random crypto!

'Har duoyimda sizni esladim' Bugun men mana shunday samimiyim | Marvarid_dil

"Har duoyimda sizni esladim"

Bugun men mana shunday samimiyimni ko'rdim. Madinam. Madinadek aziz Madinam. Qalbim o'sha bolaligimga qaytdi. Go'yo yana 17 yosh bo'ldim. Go'yo yana 20 yosh bo'ldim. Go'yo hech vaqt o'tmagandek. Go'yo har kun ko'rishgandek. Qalbimni boricha ochvora oladiganim, duolarida unutmasligiga ishongan insonim, go'zal bolaligimning eng go'zal topilmasi, Alloh tomonidam in'om etilgam do'stimni ko'rdim. Qalbim hamdga, shodlikka to'ldi! Biz bu dunyoga tegishli odamlar emasdik. Biz juda ham boshqacha edik. Orzularimiz ham Robbimizni rozi qilishga qaratilgan edi. Alloh orzularimizni ushaltiryabdi. Jannatda Madinadek aziz Madinam "Men seni yo'lingda birodarlashgan do'stim bor edi, biz birga Seni yod etardik Robbim" deya izlashiga ishonadigan do'stim u.
Meni Robbim yaxshi ko'radi. Buni eng yaxshi insonlar bilan atrofimni bezab qo'yganidan bilaman. Madina mening jon tomirimdir. U mening Robbimga qarab qo'ygan ilk qadamlarimga guvohimdir. U mening hamma hislarimga meni mendek his qilganimdir. Hamma to'g'ri noto'g'ri qarorlarimda ham yonimda turgan insonimdir. Hamma meni yaxshi deydigan yaqinlarimga ichimda "ular Madinani ko'rmaganda" deyman.