Get Mystery Box with random crypto!

Oddiy fikrlar

Telegram kanalining logotibi mantiqsiz_fikrlarr — Oddiy fikrlar O
Telegram kanalining logotibi mantiqsiz_fikrlarr — Oddiy fikrlar
Kanal manzili: @mantiqsiz_fikrlarr
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 211
Kanalning ta’rifi

"Fikrlar oddiy - lekin umid bor"

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2023-02-19 14:40:49 Феврал ўтиб бормоқда

Титроқ новдаларда уйғонар ҳаёт,
Сарғайган қор каби эриб битар дард.
Яшил туйғулардан чайқаласан шод,
Феврал ўтиб борар, яқинлашар март.

Мусаффо руҳингни алқайди қушлар,
Майсалар — ҳаётнинг ширин тиллари,
Уйқунгни тўлдирар энг гўзал тушлар,
Ойнинг нурларини силар қўлларинг.

Кунларнинг чиройи очилиб борар,
Очилиб борасан кунлардай гўзал.
Икки фасл сенинг кўнглингга қарар,
Кўнглингни авайлаб қисқарар феврал.

Унинг ҳиммати кенг, токи сен борсан,
Йигирма саккиз кун танти сайёрга.
Кундан-кун гўзалсан ва бахтиёрсан,
Феврал бир жуфт кунин сочар баҳорга.

Ҳавасим сенгадир. Шодлик ортмоқда,
Сарғайган қор каби эриб кетар дард.
Менинг юрагимдан феврал ўтмоқда,
Сенинг юрагингга кириб борди март.

Эшқобил Шукур
367 views11:40
Ochish/sharhlash
2023-02-18 11:28:11 Yana hammasini boshidan boshlash mumkindir balki. Lekin, endi hammasi oldingiday bo'lmasligi kerak.

@Mantiqsiz_fikrlarr
310 views08:28
Ochish/sharhlash
2023-02-16 21:30:36
Oqshom uchun biror jumla qoldiring

Shisha bino

@Mantiqsiz_fikrlarr
356 viewsedited  18:30
Ochish/sharhlash
2023-02-15 22:48:21 Noqulay suhbatlar

“Yo’q” degandan ko’ra, telefon ko’tarmaslikni tanlaymiz.

Yuziga aytgandan ko’ra, boshqalarga aytib yuramiz.

Xafaligimizni aytmaymiz, yana xafaligimizni sezmaganiga xafa bo’lamiz.

O’zi bilan gaplashib olgandan ko’ra, miyamizda gaplashib yuramiz.

Noqulay suhbatlardan o’zimiz qochamiz, natijasida yomonlik bo’lsa, boshqalarni ayblaymiz.

Gapirsam xafa bo’ladi deymiz, uyalamiz. Xafa bo’lishi unga foydali bo’lishi mumkinligini bilmaymiz.

Men tanigan eng kuchli odamlar noqulay suhbatlardan qochmaydigan odamlar.

Ichkaridagisi tashqarida. Haqiqatni ayta oladi.

Savollarini ochiq berishadi. Tanqidlarni ochiq olishadi.

Noqulay suhbatlar - hayot haqiqati. Hech qayerga qochib keta olmaysiz. Yoki o’zi bilan bir marta noqulay suhbat qurasiz, yoki butun umr o’zingiz bilan.

@azizrakhimov_blog
254 views19:48
Ochish/sharhlash
2023-02-15 08:49:59 Har doim, hamma joyda haqiqatni aytish kerak lekin hammasini emas.

Kimdir

@Mantiqsiz_fikrlarr
281 views05:49
Ochish/sharhlash
2023-02-14 23:17:50 Hamma chiroyli gaplar shaydosiga aylangan bir davrda yashayapmiz.

@Mantiqsiz_fikrlarr
271 viewsedited  20:17
Ochish/sharhlash
2023-02-14 17:23:12 #youtube_tavsiya "ULAR" loyihasining navbatdagi maxsus sonini ko'rib chiqdim. Unda hozirgi kun yoshlarining dunyoqarashi, ular nimalarni xohlashi, jamiyatdagi stereotiplar, urf-odatlar, serchiqim to‘ylar mavzulari yoritilgan. Ochiq va dadil chiqish. Maqtamoqchi…
266 views14:23
Ochish/sharhlash
2023-02-14 17:16:29 #youtube_tavsiya

"ULAR" loyihasining navbatdagi maxsus sonini ko'rib chiqdim. Unda hozirgi kun yoshlarining dunyoqarashi, ular nimalarni xohlashi, jamiyatdagi stereotiplar, urf-odatlar, serchiqim to‘ylar mavzulari yoritilgan. Ochiq va dadil chiqish. Maqtamoqchi emasman, har kimning hayotga o'z qarashi bor, lekin shu odamlar oramizda yashayapti.

Xo'sh, bu mavzu va bunaqa intervyular nega muhokama bo'layapti? Chunki ular aktual. Hozir hammaning hayotida u yoki bu ko'rinishda sodir bo'layapti. Yangi Z avlod esa informatsiya o'ch avloddir.

Intervyuning yarmi oddiy yoshlardan olingan. Ular o'z hayotlaridan real hikoyalar so'zlab berishadi. Qolgan yarmini esafilolog va psixologlar atroflicha tushuntirib berishgan. Bu yaxshi yondashuv.

Mening xulosalarim:
— Ota-onalar farzandini mustaqil hayotga o'z vaqtida qo'yib yuborishni o'rganishi kerak.
Bu erta
mi yoki kechmi, baribir ikki tomonga ham yaxshi bo'ladi. Faqat birdaniag "Bor, endi sen ozodsan!" deb emas, balki yoshlikdan asta-sekin shu hayotga tarbiyalab borish lozim.

— Jamiyatda "erkinlik - bu qadriyat" degan tushuncha bo'lishi kerak. Har kimning shaxs erkinligi, fikr erkinligi, ijod erkinligi (qonun doirasida) hurmat qilinishi shart.

— Dunyoqarashi keng qatlam yaratish kerak. Hamma u
yoshmi yoki yoshi katta, barcha kitob o'qib, bilim olib borishi kerak. Ilmli insonlardan johillik chiqish ehtimoli kamayadi.

Keyin bit
ta narsani yaxshi anglab olishimiz kerak: huquqda "ayollar huquqi" deb emas, umumiy "inson huquqlari" deb rivojlanish kerak. Ayollarni ayol bo'lgani uchun emas, balki avvalo inson bo'lgani uchun hurmat qilinishi, konservativ va so'nggi davrda agressivlashgan Jamiyatda hech qanaqasiga ularning huquqlarini cheklashga yo'l qo'ymasligi lozim.

Faqat bitta narsa: bu video hamma yoshlar shunaqa degan xulosani bermaydi, lekin bu ularni eshitmaslik kerak degani emas.

"Ong o'zgarmaguncha boshqa o'zgarishlar negiz tutmas".

Panda books
245 viewsedited  14:16
Ochish/sharhlash