Get Mystery Box with random crypto!

#youtube_tavsiya 'ULAR' loyihasining navbatdagi maxsus sonin | Oddiy fikrlar

#youtube_tavsiya

"ULAR" loyihasining navbatdagi maxsus sonini ko'rib chiqdim. Unda hozirgi kun yoshlarining dunyoqarashi, ular nimalarni xohlashi, jamiyatdagi stereotiplar, urf-odatlar, serchiqim to‘ylar mavzulari yoritilgan. Ochiq va dadil chiqish. Maqtamoqchi emasman, har kimning hayotga o'z qarashi bor, lekin shu odamlar oramizda yashayapti.

Xo'sh, bu mavzu va bunaqa intervyular nega muhokama bo'layapti? Chunki ular aktual. Hozir hammaning hayotida u yoki bu ko'rinishda sodir bo'layapti. Yangi Z avlod esa informatsiya o'ch avloddir.

Intervyuning yarmi oddiy yoshlardan olingan. Ular o'z hayotlaridan real hikoyalar so'zlab berishadi. Qolgan yarmini esafilolog va psixologlar atroflicha tushuntirib berishgan. Bu yaxshi yondashuv.

Mening xulosalarim:
— Ota-onalar farzandini mustaqil hayotga o'z vaqtida qo'yib yuborishni o'rganishi kerak.
Bu erta
mi yoki kechmi, baribir ikki tomonga ham yaxshi bo'ladi. Faqat birdaniag "Bor, endi sen ozodsan!" deb emas, balki yoshlikdan asta-sekin shu hayotga tarbiyalab borish lozim.

— Jamiyatda "erkinlik - bu qadriyat" degan tushuncha bo'lishi kerak. Har kimning shaxs erkinligi, fikr erkinligi, ijod erkinligi (qonun doirasida) hurmat qilinishi shart.

— Dunyoqarashi keng qatlam yaratish kerak. Hamma u
yoshmi yoki yoshi katta, barcha kitob o'qib, bilim olib borishi kerak. Ilmli insonlardan johillik chiqish ehtimoli kamayadi.

Keyin bit
ta narsani yaxshi anglab olishimiz kerak: huquqda "ayollar huquqi" deb emas, umumiy "inson huquqlari" deb rivojlanish kerak. Ayollarni ayol bo'lgani uchun emas, balki avvalo inson bo'lgani uchun hurmat qilinishi, konservativ va so'nggi davrda agressivlashgan Jamiyatda hech qanaqasiga ularning huquqlarini cheklashga yo'l qo'ymasligi lozim.

Faqat bitta narsa: bu video hamma yoshlar shunaqa degan xulosani bermaydi, lekin bu ularni eshitmaslik kerak degani emas.

"Ong o'zgarmaguncha boshqa o'zgarishlar negiz tutmas".

Panda books