Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 12-fevralida davlatimiz rahbari boshchiligida II | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Joriy yilning 12-fevralida davlatimiz rahbari boshchiligida IIVda ilk bor Vazirlik hay’atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda belgilab berilgan muhim vazifalar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Unga ko‘ra, bugungi kunda Prezidentimizning 2 ta farmoni va 8 ta qarori, Hukumatning 6 ta qarori hamda 19 ta idoraviy va idoralararo normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mazkur hujjatlardan kelib chiqqan holda, ichki ishlar organlaridagi boshqaruv tizimi mutlaqo yangi shaklga o‘zgardi. Ya’ni, turdosh sohaviy xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun bevosita vazir o‘rinbosari tomonidan boshqarilayotgan Tezkor-qidiruv, Jamoat xavfsizligi, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentlari tashkil etildi. Barcha jazoni ijro etish muassasalari hududiy ichki ishlar organlari bo‘ysunuvidan chiqarilib, bevosita Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga bo‘ysundirildi.
Joylarda jinoyatlar sodir etilishi¬ning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, 11 ta zamonaviy ish uslubi va «hudud metodika»lari yaratildi. Shuningdek, respublika bo‘yicha kriminogen vaziyati eng og‘ir bo‘lgan 45 ta tuman-shaharlar hamda Navoiy viloyati, Angren, Nukus va Qarshi shaharlari hamda Sari¬osiyo, Koson va Chiroqchi tumanlarini «namunaviy xavfsiz hudud»ga aylantirish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar dasturlari tayyorlanib, ijrosi ta’minlanmoqda. Tizim faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘ta¬rish maqsadida amalga oshirilgan ishlar tufayli mamlakatimizda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash yo‘lida muhim asos yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi «Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan «Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi» tasdiqla-nib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi.

Ichki ishlar vazirining 2021-yil 2-avgustdagi buyrug‘iga binoan, «Eng yaxshi kutubxona» va «Eng yaxshi kitobxon» ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilib, g‘oliblar pul mukofoti hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Konsepsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuv¬chilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti, Madaniyat vazirligi bilan imzolangan hamkorlik memorandumi fikrimiz tasdig‘idir.

Ichki ishlar organlarida ma’naviyat va ma’rifat xonalarini jihozlashning yagona namunaviy loyihasiga muvofiq, vazirlikning hududiy bo‘linmalaridagi 351 ta «Ma’naviyat va ma’rifat xonasi»ning yuzdan ortig‘i belgilangan tartibda jihozlandi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etish maqsadida respublika bo‘yicha 206 ta shahar-tumanning 186 tasida, viloyatlarning 10 tasida va sohaviy xizmatlarning 45 tasida hamda ta’lim muassasalarning 12 tasida jami 253 ta «Vatanparvarlik burchaklari» tashkil etildi.

Ichki ishlar vazirligi va uning tizimlarida Vatanimiz mustaqilligi va el-yurt oso¬yishtaligi yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan xodimlarning xotirasini abadiylashtirish maqsadida xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlar tahsil olgan maktablar va xiz¬mat joylariga qahramonlik timsolini aks ettiruvchi Yodgorlik lavhalarini o‘rnatish, «Vatanga sodiq o‘g‘lon» ma’rifiy burchaklarini tashkil etish bo‘yicha ham samarali ishlar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, ana shunday xodimlarning 151 nafariga o‘zlari tahsil olgan maktablarda xotira burchaklari, 122 nafariga esa byust va bareleflar o‘rnatildi.