Get Mystery Box with random crypto!

52-mavzu SARHISOB: 2021-YIL – ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA TUB IS | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

52-mavzu

SARHISOB: 2021-YIL – ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA TUB ISLOHOTLAR YILI

Mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish barobarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar samarasi o‘laroq, ichki ishlar organlarida ham tizimli ishlar qilinmoqda. Sohada o‘tkazilayotgan islohotlarning salmog‘ini ichki ishlar organlari boshqaruv tizimi to‘liq maqbullashtirilgani, shaxsiy tarkib quyi bo‘g‘inda, bevosita aholi o‘rtasida xizmat qilishi ta’minlanganida ham ko‘rish mumkin. Buning uchun har 35–40 ming aholiga xizmat ko‘rsatadigan qo‘shimcha 261 ta yangi ichki ishlar bo‘limi tashkil etildi. Yirik bozorlar, savdo majmualari va aholi gavjum joylarda mahalliy budjet hisobidan 41 ta bo‘linma faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Jinoyatchilik statistikasini yuritishda dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda, 100 ming aholi soniga nisbatan hisoblash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, hududlardagi kriminogen vaziyatni tahlil qilish, jinoyatlarni yashirmaslik maqsadida xodimlar tomonidan aniqlanadigan jinoyatlarni ijobiy natija sifatida baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Profilaktika inspektorlari, tezkor, tergov, yo‘l-patrul, patrul-post, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda probatsiya xiz¬mati xodimlarining faoliyatini reyting asosida baholash joriy etildi.

Tizimdagi sohaviy xizmatlar qaytadan isloh qilinib, zamon talablaridan kelib chiqqan holda, xavfsiz turizmni ta’minlash, probatsiya, surishtiruv, mahalla huquq-tartibot maskani va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga ixtisoslashgan bo‘linmalar yangitdan tashkil qilindi. Mahallalarda jinoyatchi¬lik¬ning oqibatlari bilan kurashishga emas, balki huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga o‘tildi. Buning uchun har bir mahallaga bir nafardan profilaktika inspektori ajratildi. Eng asosiysi, profilaktika inspektorlarining samarali xizmat qilishi uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Yana muhim o‘zgarishlardan biri sifatida profilaktika inspektorlari mahalla raisining huquq-tartibotni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari etib belgilanganligidir. Bundan tashqari, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni turli tazyiqlardan himoya qilish maqsadida joylarda ayollar masalalari bo‘yicha katta inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Endilikda tazyiqqa uchragan ayollarga himoya orderlari berilib, ularning haq-huquqlari himoya qilinmoqda.
O‘tkazilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida xizmat faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgacha ichki ishlar organlarining 60 foizi optik-tolali aloqa tizimiga ulanib, 90 foizi zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlari uchun yangi ma’muriy binolar qurilib, amaldagilarining asosiy qismi rekonstruksiya qilindi hamda ko‘plab xizmat avtotransport vositalari xarid qilindi.