Get Mystery Box with random crypto!

​​Ta’kidlash joizki, yil davomida 17 mingdan ortiq xodimning k | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

​​Ta’kidlash joizki, yil davomida 17 mingdan ortiq xodimning kasbiy malakasi oshirilib, 2 mingdan ortiq profilaktika inspektori bilan sayyor o‘quv kurslari, xodimlarning jangovar shayligini oshirish maqsadida esa 200 marta taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Shuningdek, har bir xodim¬ning xatti-harakatiga alohida baho be¬rish hamda uning xulq-atvoridan kelib chiqib, aniq tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan «xodimbay» tizimi joriy etildi. Jinoyatchilikni «mahallabay» jilovlash, uyushmagan yoshlar, deviant xulq-atvoridagi o‘smirlar, nosog‘lom va g‘ayriijtimoiy hayot kechirayotgan shaxslar bilan «fuqarobay» ishlash amaliyotini har bir hududda jadallashtirish bo‘yicha kompleks tezkor va profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘z kasbiga sadoqatli, fidoyi xodimlarimiz islohotlarga boy bo‘lgan joriy yilda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni chuqur his qilgan holda, sharafli burchlarini vijdonan bajarib, xalqimiz va davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan yuksak ishon¬chni oqlash yo‘lida tinimsiz harakat qilmoqda.

Enver BARIYЕV,
IIV Tashkiliy departamenti bo‘lim boshlig‘i,
podpolkovnik.

Mixli SAFAROV,«Postda» muxbiri.