Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
Имтиёз
All tags
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
Имтиёз
All tags
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.83K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 224

2021-12-10 20:51:07 ​​“Янги Ўзбекистон” университетидаги янги найранглар.

Менга Янги Ўзбекистон университетининг бир қанча талабалари мурожаат қилмоқда.

Мурожаатни борича ёритаман:

Янги Ўзбекистон университети очилганда ҳамма “оооо” деди, бу университетдан бошқа топ университетларга кўчириш имконияти бўлади дейилди.

Битиргандан кейин давлат учун ишлаб бериш талаб этилмайди дейишди.
Ҳаммаси бугундан бошланди, шу кунгача шартномасиз ўқиб келаётган эдик, ҳикояни буёғи қизиб кетди.

Шартномада ажойиб-у ғаройиб шартлар бор, кўриб ёқа ушлайсан:

• Битирувчи давлат ташкилотларида (хусусий сектор ўтмайди) МАЪЛУМ МУДДАТ шартнома асосида ишлаб беради. Муддат аниқ эмас, беш йилми, ўн йилми, умрбодми номаълум.

• Талаба ўқишни кўчирса ёки бошқа сабаб билан ўқишни ташлаб кетса, ўқиган ҳар бир семестр учун 23,5 млн соққани санаб қўйиши керак.

• Агар талаба назорат имтиҳонларида яхши натижа кўрсатмай ўқишдан “йиқилса” ҳам ҳар бир семестр учун 23,5 млн тўлаб қўйиши керак. Имтиҳонлар эса шу даражада тузилганки, фақат ёдлаш қобилиятингни текширади.

• Агар шартнома асосида ишлаш вақтида ишдан ҳайдалса ёки белгиланган вақт ишлаб бермаса, (белгиланган вақт эса аниқ эмас) 8 семестр учун тўлиқ суммани тўлаб қўйиши керак.

Агар бу шартлар бошида айтилганда биз аллақачон бошқа университетга топширар эдик, декабрда ҳеч қайси университет қабул қилмаслигини билиб мана энди бизга шартнома бермоқда.

Ана энди нима қилишни билмай ўтирибмиз, ўзингиз бир маслаҳат беринг.

——-

P.S. Мен ҳеч қандай маслаҳат беролмайман, биласизми, Уммон гуруҳининг “Ана энди йиғла” деган ашуласи бор, шуни эшитишни маслаҳат бераман. Вақтида роса хит бўлган.

@tentakminds
9.5K views17:51
Ochish/sharhlash
2021-12-10 20:00:36
#Кун_фотоси

Ҳоким ёрдамчиси хизмат кийими

P/s: Manam dushanbadan qaysidur hokimga yordamchi bo’sammikan ulani davri keldimi diyman?

@magistrlarofficial
14.1K views17:00
Ochish/sharhlash
2021-12-10 11:40:44
Talabalar ijara puli bo‘yicha imtiyozdan foydalanyaptimi?

YouTube:



Do'stlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/TpoQkSfEw03g0n5L
10.2K views08:40
Ochish/sharhlash
2021-12-10 11:32:29
Qoyil lekin gap yoʻq
#nocomment

Do'stlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/TpoQkSfEw03g0n5L
18.0K views08:32
Ochish/sharhlash
2021-12-10 07:02:58
Давлат хизматчилари ҳар қандай турдаги мукофот ва совға олишига тақиқ ўрнатилади

“Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида”ги қонун лойиҳаси Қонунчилик палатасига киритилди.

Шундай қонун лойиҳасини киритишнинг сабаби, амалдорлар тадбирда пора билан ушланса ҳам "совға, мукофот, қарзи" деб сувдан қуруқ чиқишмоқда

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020
15.1K views04:02
Ochish/sharhlash
2021-12-09 06:56:33 #Telegram
#Version

Bugungi yangilanishda guruh va kanallarda boshqalar kontentni saqlashining oldini olish uchun vositalar, muayyan vaqt muddatlaridagi xabarlarni oʻchirib tashlash imkoniyati, ulangan qurilmalaringizni boshqarishning yangi usullari, ommaviy guruhlarda kanalingiz nomidan anonim post qilish imkoniyati va boshqa yangiliklar taqdim etiladi.

https://telegram.org/blog/protected-content-delete-by-date-and-more/ru?setln=uz
15.7K views03:56
Ochish/sharhlash
2021-12-07 21:59:01
#Konstitutsiya|#Tabrik

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi

«... To‘qqizinchidan, Uchinchi Renessansning to‘rt uzviy halqasi bo‘lmish bog‘cha, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yish ham maqsadga muvofiqdir...».
———
Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева в связи с Днем Конституции

«...В-девятых, целесообразно закрепить на конституционном уровне вопросы развития детских садов, школ, сфер высшего образования и науки, которые являются взаимосвязанными составляющими фундамента Третьего Ренессанса...».

@magistrlarofficial
17.3K views18:59
Ochish/sharhlash
2021-12-07 19:15:20
Telegram'ning so'nggi yangilanishida akkauntga kirish usuli o'zgardi!

Endi siz o'z Telegram akkauntingizga kirayotganingizda SMS-kod emas, balki qo'ng'iroq qabul qilasiz va sizga qo'ng'iroq qilayotgan telefon raqamning oxirgi 5 ta raqamini yozishingiz kerak bo'ladi.

Bunday o'zgarish sababi, SMS-kod yuborish Telegram, umuman, mana shu turdagi avtorizatsiya turidan foydalanadigan kompaniya uchun arzonroqqa tushar ekan, hamda, bu xavfsizlik darajasini yanada oshiradi.

Amerika nomer oladigan "hasker"larimiz yo'lni oxiriga kelishdi...

@magistrlarofficial
16.3K views16:15
Ochish/sharhlash
2021-12-07 15:27:45 “Rektor stipendiyasi” Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlashga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida “Rektor stipendiyasi” tanlovini o'tkazilishini e'lon qilamiz. …
15.0K viewsedited  12:27
Ochish/sharhlash
2021-12-07 15:26:27 “Rektor stipendiyasi”

Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlashga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida “Rektor stipendiyasi” tanlovini o'tkazilishini e'lon qilamiz.
Talabalarga “Rektor stipendiyasi”ni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:

a’lo o‘qish (umumiy baholar sonidan 25% 4 bo'lishi mumkin, 2020-2021-o'quv yilida faqat 5 baho bo'lishi lozim) va ilmiy ishlarda ishtirok etish;
umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;
yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
kamida ikkita e’lon qilingan ishlar ya'ni maqola( tezislar bundan mustasno) mavjudligi;
davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish talab qilinadi;
O‘zbekiston tarixini bilish;
tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab darajalarini tegishli kafedralar belgilaydi.

“Rektor stipendiyasi” ga nomzodlar ko‘rsatish, talabgorlar nomzodlarining o‘qishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan so‘ng talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun quyidagilarni topshiradilar:
sinov daftarchasidan ko‘chirma;
dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
rahbarning fikr-mulohazalari;
ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari.

Barcha hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi. Tanlovda bakalavrning 2,3,4-kurs talabalari, magistratura bo'limidan 2-kurs magistrantlari ishtrok etishi mumkin.
Har bir fakultetdan 1 nafar g'olib talaba beriladi.
Hujjatlar 2021-yil 15-dekabr kuniga qadar "Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish" bo'limida qabul qilinadi. Kechikkan va talabga javob bermaydigan hujjatlar qabul qilinmaydi.

Iqtidorli talabalar

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
10.6K views12:26
Ochish/sharhlash