Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
All tags
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
All tags
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.38K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 220

2021-12-16 20:40:49 Ushbu audioda dilni xira qiluvchi gaplar o'rin olgan.

Jizzax Davlat pedagogika institutining ayrim ma'sullari bo'lmish Sunnatilla Soyipov, Abduvaliyeva Ziyoda va Latofat ismli "insonlar" o'zbek tili va adabiyoti fakultetining qizlariga majlis qilgan.

Majlis: Hijob va namoz masalasida.

Audioni eshitar ekansiz, badaningizni sovuq ter bosishi hech gap emas. Bu ma'sullarga nafratingiz oshishi aniq.

Shaxsan Vazirimizning o'zlari ro'molga ta'qiq qilayotganlarni qoralab o'tib ketgan edilar.

S. Soyipov: "Bu padarla'natini yechib kiringlar, o'qishdan ketayotganda yana kiyib ketaverasizlar" (hijobni nazarda tutgan)

Agar bu qizlarga qandaydir muommo qilishadigan bo'lsa, biz oxirgacha boramiz...

Balkim bu yuqoridan bo'layotgan topshiriqdir bunisi qorong'u, lekin hech kimning haqqi yo'q haqorat qilib, dinni oyoq osti qilishga

Audioning to'lig'i bizda bor.

Ma'sullarga yuboring
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.8K views17:40
Ochish/sharhlash
2021-12-16 15:07:56
Diqqat sòrovnoma!!!

Sizga talabalar uchun ajratilgan 50% lik ijara shartnomasi uchun belgilangan pul (ijarada turadigan ya'ni kvartiradagi talabalar), oliygoh tomonidan tòlab berilmoqdami?
Anonymous Poll
57%
Yòq, bizda tòlab berilmadi
10%
Ha, tòlab berilmoqda
11%
Men talabalar yotoqxonasida turaman
22%
Talaba emasman
2.9K voters11.9K views12:07
Ochish/sharhlash
2021-12-16 14:44:17
Diqqat sòrovnoma!!!

Siz oliygohingizdagi ma'sullar bilan qanday aloqadasiz?
Anonymous Poll
36%
Yaxshi, bizda hamma savollarimizga javob berishadi
26%
Yòq, bizda hech qanday savolimizga tòg'ri javob berishmaydi
38%
Bizda òrtacha
3.6K voters12.0K views11:44
Ochish/sharhlash
2021-12-16 14:38:58 Jamoat transportida yurishning yozilmagan qoidalari

Jamoat transporti (avtobus, metro)dan har kuni foydalanadigan chorak asrlik (25 yil degani) yo’lovchi sifatida bu qoidalarni yozmasam bo’lmadi. Iloji bo'lsa, tarqatinglar, kimgadir foydasi tegib qolar.

1. Hammasi kassadan boshlanadi. Kontaktsiz va qulay ishlaydigan Atto va Humo kartalaridan bemalol foydalanish mumkin. Kassa oldida yarim soatlab navbatga turish uchun yo bekorchi bo’lish kerak, yo vaqtning qadriga yetmaydigan ahmoq. Davlatdan oylik olmasang, bankomatdan bemalol pul o’tkazishing mumkin. Ana juda bo’lmasa oylik oladiganga naqdini berasan, kartangga pul o’tkazib beradi. Kassa oldida turtinib, surtinib, qo’yga o’xshab turmay desang, Atto yo Humo kartalaridan foydalan.

2. Avtobus, metro eshigi oldida to’nkaday turib olma. Kirayotgan va chiqayotganlarga xalal berasan. Menday asabiy odam bo’lsa, turtib, kamiga oyog’ingni atay bosib, ichida so’kinib o’tib ketadi. Ichkariroqqa kirishning iloji bo’lmasa, eshik oldida turib qolsang, bekatda tushib tur. Qolganlar tushib olsin. Yana chiqib olasan. Metro ham, avtobus ham yana keladi.

3. Ryukzak, sumkang bo’lsa, qo’lingga ol. Molga o’xshab yelkangga taqib olma. O’zi joy kam, battar tiqilinch qilma. Katta sumkalar uchun vagon, avtobus o’rtasida maxsus joy bor, shu joyga yukingni qo’y.

4. Yoshi katta odamlar, yosh bolali ayollarga joy ber. Qarisang bilasan, bel ham, oyoq ham kuchdan qoladi, tez charchaydi. Yosh bola biror joyda o’tirmasa turtki tagida qolib ketadi, keyin yig’lab hammani bezor, ota-onasini xijolat qiladi. Yosh bola gapga uncha tushunmaydi. Ayollar va qizlarga joy ber. Ular nozikroq yaratilgan. Sen erkaksan, molday kuching bor.

5. Sasib yurma. Yuvinib yur, ilojini qilolmasang qo’ltig’ingga u-bu narsa surib yur. Ayniqsa, yozda. Sening sassig’ingni biror odam hidlashga majbur emas. Ichganda jamoat transportiga chiqma. Ichishga topilgan pul, taksiga ham topilsin. Biror odam sen ichgan, chekkan narsaning badbo’yini hidlashga loyiq emas, majbur ham.

6. Hamrohing bilan yoki telefonda baqirib gaplashma, baqirib kulma, umuman baqirma. Chalpillatib saqich chaynama, telefonning ovozini baland qilib musiqa eshitma, kino ko’rma, ayniqsa porno. Quloqchin ishlat. Hammada shaxsiy hudud daxlsizligi bor.

7. Jamoat transporti nomi bilan jamoatniki. Unga chiqindi tashlab, hamma joyni ifloslantirma. Unga zarar yetkazma, yirtma, chizma. U sendan boshqalarga ham xizmat qilishi kerak.


Eng muhim eslatma: jamoat transportida pulining sassig’iga chidolmaydigan otasining erkatoylari emas, senu meni o’ylamaydigan amaldorlaru chinovniklar emas, o’zimizday qora xalq yuradi. Qora xalq bir-birini qo’llashi, hurmat qilishi shart. Bizning o’zimizdan boshqa birovga keragimiz yo’q.

A.A.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020
11.8K viewsedited  11:38
Ochish/sharhlash
2021-12-15 20:25:49 Вакцина сертификатини кечроқ берганларга ҳам 10% лик чегирма қўлланади

Шунингдек, Давлат қабул комиссиясининг қарорига биноан, коронавирус инфекциясига қарши 2021 йилнинг 15 ноябрига қадар тўлиқ эмланган (вакцина олган), лекин эмланганлик тўғрисидаги сертификатни белгиланган муддатдан кечикиб олий таълим муассасасига тақдим этган (этаётган) абитуриентлар ва талабаларга тўлов-контракт суммасини тўлашда бир марталик 10 фоизли чегирмани қўллашга рухсат берилди.


@xushnudbek
8.1K views17:25
Ochish/sharhlash
2021-12-15 20:23:59Мактаб директори, завучнинг қариндоши мактабда ишлай оладими?

Савол берилмоқда:

Мактаб директорининг хотини билан акасининг хотини ўқитувчи, укасини хотини лаборант.
Завучни хотини кадрлар бўйича менежер.
Замдиректорни келини ўқитувчи
Ушбу ҳолатларда қонунчиликка тўғри келмайдигани борми?

Жавоб: Меҳнат кодекси 79-моддасида шундай белгилданган: ўзаро яқин қариндош ёки қуда-анда бўлган шахсларнинг (ота-оналар, ака-укалар, опа-сингиллар, ўғил ва қизлар, эр-хотинлар, шунингдек эр-хотинларнинг ота-оналари, ака-укалари, опа-сингиллари ва болалари), башарти улардан бири иккинчисига бевосита бўйсуниб ёки унинг назорати остида хизмат қиладиган бўлса, бир давлат корхонасида бирга хизмат қилишлари тақиқланади.

Бу қоидадан истиснолар Ўзбекистон Республикаси Ҳукумати томонидан белгиланиши мумкин.

Шу ўринда истисноларни ҳам ҳисобга олиб кетайлик. Вазирлар Маҳкамасининг 133-қарорига асосан юқоридаги чекловга истисно касблар рўйхати келтирилган. Унда сизнинг ҳолатингизга тушадиган ҳолатлар:

Барча ўқув ва тарбия муассасаларидаги педагог ходимлар, ўқитувчилар, библиографлар ва кутубхоначилар.

Бундан маълум бўляптики, ўқитувчи, лаборант бўлиб қариндош ишлаши мумкин. Лекин директорнинг ёки завучнинг қариндоши кадрлар бўйича менеджер, қоровул ёки бухгалтер бўлиб ишлай олмайди. Чунки улар педагог ходими, бибилиограф, кутубхоначи, ўқитувчи эмас. 133-қарорда шунингдек бошқа касбларда ҳам қариндошлар ишлаши мумкинлиги келтирилган. Қуйида шу ҳақида танишиб чиқинг.

Аъзо бўлинг
@bahodirahmedoff
9.2K views17:23
Ochish/sharhlash
2021-12-15 19:49:16 Live stream started
16:49
Ochish/sharhlash
2021-12-15 19:33:02 ​#Talabaga_yengillik

DIQQAT! MUHIM

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8.0K views16:33
Ochish/sharhlash
2021-12-15 15:58:54 ​#BILASIZMI

Oʻzbekistonda nechta professional taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (15.12.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 715 ta professional taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

Kasb-hunar maktabi — 339 ta;
Kollej — 162 ta;
Texnikum — 213 ta;
Texnikum filiali — 1 ta.

Tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan professional taʼlim muassasalari:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — 339 ta kasb-hunar maktablari, 83 ta texnikum, 1 tа texnikum filiali;
Sog‘liqni saqlash vazirligi — 27 ta kollej, 47 ta texnikum;
Suv xo‘jaligi vazirligi — 9 ta kollej;
Qurilish vazirligi — 3 ta kollej, 12 ta texnikum;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 1 ta kollej;
Maktabgacha ta’lim vazirligi — 96 ta kollej;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 18 ta texnikum;
Adliya vazirligi — 14 ta texnikum;
Transport vazirligi — 1 ta kollej, 11 ta texnikum;
Turizm va sport vazirligi — 8 ta kollej, 3 ta texnikum;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — 14 ta texnikum;
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — 1 ta kollej;
Energetika vazirligi — 2 ta kollej;
Davlat soliq qo‘mitasi — 3 ta texnikum;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — 4 ta texnikum;
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — 1 ta texnikum;
Gidrometeorologiya xizmati markazi — 1 ta texnikum;
Kadastr agentligi — 1 ta kollej;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi — 2 ta kollej;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi — 3 ta kollej;
Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 2 ta texnikum;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi — 1 ta kollej;
“Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” AJ — 1 ta kollej;
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi — 1 ta kollej;
“O‘zkimyosanoat” AJ — 2 ta kollej;
“O‘zbekneftgaz” AJ — 2 ta kollej;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi — 1 ta kollej.

Kasb-hunar maktablari roʻyxati pdf shaklda.
Kollejlar roʻyxati pdf shaklda.
Texnikumlar roʻyxati pdf shaklda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8.3K views12:58
Ochish/sharhlash
2021-12-15 10:04:37 Munday qarasam AQSH dollor sotuvdagi kursi 10900 chiqib ketibdiku!

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020
12.8K viewsedited  07:04
Ochish/sharhlash