Get Mystery Box with random crypto!

Lobar Abdisoatova

Telegram kanalining logotibi lobarsblog — Lobar Abdisoatova L
Telegram kanalining logotibi lobarsblog — Lobar Abdisoatova
Kanal manzili: @lobarsblog
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-06-04 11:47:22 Xatolarning ko'pi bilmaslikdan qilinadi, ataylab emas.

Ko'proq bilim oling. Bilmasdan xato qilayotgan bo'lishingiz mumkin.

@lobarsblog
30 views08:47
Ochish/sharhlash
2023-05-26 21:39:40 Imtihon

"Otam juda taqvodor, Allohdan qo'rqadigan, haqiqiy komil inson edi. Ba'zan Allohga yig'lab iltijo qilib: "Parvardigorim, negadir mening bolalarimga tashvish, muammolarni yubormayapsan. Men va farzandlarimni sinovlaring bilan yo'qlamayapsan. Nahotki, bizni o'z holimizga tashlab qo'ygan bo'lsang?" der edi. Biz esa: "Otajon, nega bunaqa deysiz? Axir farovon, to'kis yashash mazza-ku!" deya xafa bo'lardik. Otam: "Bolam, odam bolasi qiyinchiliklar bilan poklanadi, Allohga yaqin bo'ladi. Hamma ishi joyida, beg'am yashayotganlarning oxiri og'ir sinov bo'ladi. Men sizlarga oxiri og'ir sinovni emas, oxiri rohat-farog'at bo'lgan taqdirni istayman", der edi".("Iymon va huzun")

Biror muammongiz bormi eslanadigan banda ekanligingizga shukrona ayting. Bu hayotda sinov va qiyinchiliklar bo'lmaganda Robbimiz huzuriga quruq qo'l bilan borar edik.

@lobarsblog
59 views18:39
Ochish/sharhlash
2023-05-19 18:43:33 Tushkunlik

Tushkunlikning o’zi emas, balki u haqida o’ylash og’riq beradi.

Hayvonlar ustidan tajriba o’tkazilgan. Ularni bir joyga qamab, qafasga elektr toki bilan ta’sir qilingan. Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng ta’sir to’xtatilganiga qaramasdan ular qochishga harakat qilishmagan, hatto chiqish yo’llari ochiq bo’lsa ham.

Ba'zan biz ham bu holatni boshdan kechiramiz. Hayotdagi omadsizlik yoki kichik muvaffaqiyatsizliklar insonni harakatdan to'xtatadi. Buni yengishning ikki xil yechimini bilaman:

Bu tug’ma qobiliyat emas, orttirish mumkin bo’lgan mahorat deb qarash. Ya’ni shunchaki men omadsizman, menda o’xshamasligi taqdirim demasdan tajriba va bilimlarni ko’paytirish.

Eski g’alabalarni eslab ulardan ruhlanish. Qachondir o’xshagan, demak hozir ham o’xshaydi, deb harakatdan to’xtamaslik.

@lobarsblog
85 viewsedited  15:43
Ochish/sharhlash
2023-05-18 21:05:41 Qilib bo’lingandan keyin xatoligi ma’lum bo’lgan ish xato emas, shunchaki o’xshamagan tajriba.

Noto’g’riligini bilib turib qilingan ish — haqiqiy xato.
67 views18:05
Ochish/sharhlash
2023-04-18 16:13:19 Ortga surish

Qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni ertaga yoki hafta boshiga belgilaymiz. Lekin bugun emas.

Garvard professorlari o'tkazgan tadqiqotga ko'ra, 1-guruhga pul yig'ishni hoziroq boshlash topshirilgan. 30% odam rozilik bildirgan. 2-guruhga esa bir yildan keyin boshlash taklif qilingan. Natijada 77% qatnashuvchilar rozi bo'lishgan.
Nega 2-guruh natijasi ikki baravar ko'proq?

Inson miyasi o'zining kelajakdagi holatiga boshqa odamdek qaraydi. Ertadan o'zgaraman, boshqacha bo'ladi hammasi deb uxlashga yotgan odam ertasi kuni katta o'zgarishlar bilan uyg'onmaydi baribir. Bizga kelajakdagi foydadan ko'ra hozir ko'rinadigan natija muhimroq.

Shuning uchun, biror ishni sizga yoqadigan narsa bilan bog'lang. Faqat sport bilan shug'ullanganimda yoqtirgan qo'shiqchimni eshitaman, topshiriqni tugatib sevimli taomimni yeyman kabi.

Biror ish qilmoqchimisiz, har kuni 5 daqiqa bajaraman deb boshlang. 5 daqiqadan keyin o'zi ulanib ketadi. Yoki har kuni takrorlaganingiz uchun odatga aylanadi.

@lobarsblog
15 views13:13
Ochish/sharhlash
2023-04-08 22:10:16 Yaxshi niyat bilan oddiy kundalik amallarni ham ibodatga aylantirish mumkin.

● “ Ovqatlanish orqali tanamni Alloh taolo buyurgan amallar uchun quvvatlantiraman “ deb niyat qilinsa, yegan ovqatiga ham savob olinadi.

● Oddiy arzimas bo’lib ko’ringan- narsalar uchun ham Allohni yod etib duo qilish ibodat va bu amal uchun ham ajr-u savob olinadi.

● Boshqalar haqqiga duo qil, senga ham qaytadi.

● Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir marta salovat aytganga Alloh taolo 10marta rahmat yo’llaydi.

● Bismillah bilan boshlanmagan ishning oxiri kesilgan bo’ladi.

● Salom berish sunnat alik olish esa vojib amaldir. Ya’ni salom bersa sunnatga amal qilingan bo’lib savob olinadi ammo salom bermasa ham zarar emas, alik olinmasa, gunoh bo’ladi.

"Yengil amallar" kitobidan xulosalar.

@lobarsblog
16 viewsedited  19:10
Ochish/sharhlash
2023-04-06 06:12:05Kofe rostan tetiklashtiradimi?

Charchoqni kofe bilan yengillashtirishga harakat qilish odatiy holat. Kunning qaysi qismida bo’lishidan qat’i nazar.

Kofe tarkibidagi kaffein moddasi ta’sir qilish davomiyligi yarim kunga teng. Ya’ni, 12 soat davomida miya uning ta’siri ostida bo’ladi.

Shu sababli, kechki payt ichilgan kofe uyqu sifatini 20% ga kamaytirar ekan. Koffein moddasi miyaning uyqu rejimida ishlashga halaqit bergani tufayli.

Natijada siz charchoq va holsizlik bilan uyg’onasiz.

Kofe ichmoqchimisiz, kunning birinchi yarimigacha ichishga odatlaning.
24 views03:12
Ochish/sharhlash
2023-04-01 22:25:39 Kelajakka investitsiya

Bugun qilayotgan ishlaring kelajagingni belgilaydi.

Katta ehtimol bilan bugun vaqt sarflayotgan ishlaringiz o’z kelajagingiz uchun qilayotgan investitsiyangiz.

Bu investitsiyalardan biri esa sport.

Hozir sport uchun sarflagan 10 daqiqangiz qariganda bir necha soatlarga almashadi.

Misol sifatida Warren Buffetni keltirish mumkin. 30 yoshida millioner bo’lgan investor 56 yoshida milliarder, 76 yoshida esa dunyoning eng boy odami bo’ldi. Agar jismonan baquvvat bo’lmaganda, biz uni hatto tanimasdik (erta pensiyaga chiqqani tufayli)

Shunday ekan o’zingiz uchun investitsiyani bugundan boshlang.

@lobarsblog
41 viewsedited  19:25
Ochish/sharhlash
2023-03-29 22:14:33 Boshlanishi doimo qiyin. Lekin eng qiyini bu davom ettira olish.

Biror yangi odat shakllantirmoqchi bo’lgan paytingizni eslang. Qiyin to’g’rimi?

Har kuni oz-ozdan harakat qilish va asosiysi zanjirni uzmaslik kerak.

Mana shu kichik doimiy qadamlar sizni maqsadga qanday yetaklaganini sezmay qolasiz.

Eng yaxshi natijalar doimiylik ortidan keladi.

@lobarsblog
14 views19:14
Ochish/sharhlash
2022-11-30 21:09:14Kim bo'lsam ekan?

Odatda, o’zingizga mos ish topish uchun ikki xil prinsip qo’lash mumkin.

1. O’zingizni analiz qiling. Siz qaysi turdagi ishlarda yaxshiroq natija ko’rsata olasiz? Qiziqishlaringiz, qobiliyatingizni aniqlang. Boshqalardan feedback olish yoki yoshlikda nimalar sizni ko’proq qiziqtirgan, e’tiboringizni tortganini tahlil qilishingiz mumkin.


2. O’zingizni turli sohalarda sinab ko’ring. Siz o’zingizga mos bo’lgan kasbni u haqida faqat ma’lumotga ega bo’lish orqali tanlashingiz qiyin. Shu sabab amaliyot muhim. Tajribaga ega hodim bo’lish keyinchalik ish beruvchilarning sizga qiziqishiga sabab bo’ladi.

@lobarsblog
9 views18:09
Ochish/sharhlash