Get Mystery Box with random crypto!

Tushkunlik Tushkunlikning o’zi emas, balki u haqida o’ylash o | Lobar Abdisoatova

Tushkunlik

Tushkunlikning o’zi emas, balki u haqida o’ylash og’riq beradi.

Hayvonlar ustidan tajriba o’tkazilgan. Ularni bir joyga qamab, qafasga elektr toki bilan ta’sir qilingan. Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng ta’sir to’xtatilganiga qaramasdan ular qochishga harakat qilishmagan, hatto chiqish yo’llari ochiq bo’lsa ham.

Ba'zan biz ham bu holatni boshdan kechiramiz. Hayotdagi omadsizlik yoki kichik muvaffaqiyatsizliklar insonni harakatdan to'xtatadi. Buni yengishning ikki xil yechimini bilaman:

Bu tug’ma qobiliyat emas, orttirish mumkin bo’lgan mahorat deb qarash. Ya’ni shunchaki men omadsizman, menda o’xshamasligi taqdirim demasdan tajriba va bilimlarni ko’paytirish.

Eski g’alabalarni eslab ulardan ruhlanish. Qachondir o’xshagan, demak hozir ham o’xshaydi, deb harakatdan to’xtamaslik.

@lobarsblog