Get Mystery Box with random crypto!

Ortga surish Qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni ertaga yoki ha | Lobar Abdisoatova

Ortga surish

Qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni ertaga yoki hafta boshiga belgilaymiz. Lekin bugun emas.

Garvard professorlari o'tkazgan tadqiqotga ko'ra, 1-guruhga pul yig'ishni hoziroq boshlash topshirilgan. 30% odam rozilik bildirgan. 2-guruhga esa bir yildan keyin boshlash taklif qilingan. Natijada 77% qatnashuvchilar rozi bo'lishgan.
Nega 2-guruh natijasi ikki baravar ko'proq?

Inson miyasi o'zining kelajakdagi holatiga boshqa odamdek qaraydi. Ertadan o'zgaraman, boshqacha bo'ladi hammasi deb uxlashga yotgan odam ertasi kuni katta o'zgarishlar bilan uyg'onmaydi baribir. Bizga kelajakdagi foydadan ko'ra hozir ko'rinadigan natija muhimroq.

Shuning uchun, biror ishni sizga yoqadigan narsa bilan bog'lang. Faqat sport bilan shug'ullanganimda yoqtirgan qo'shiqchimni eshitaman, topshiriqni tugatib sevimli taomimni yeyman kabi.

Biror ish qilmoqchimisiz, har kuni 5 daqiqa bajaraman deb boshlang. 5 daqiqadan keyin o'zi ulanib ketadi. Yoki har kuni takrorlaganingiz uchun odatga aylanadi.

@lobarsblog