Get Mystery Box with random crypto!

Maktab davrida bir narsaga hayron bo'lardim. Barcha dars xonal | LEGAL MIND

Maktab davrida bir narsaga hayron bo'lardim. Barcha dars xonalari sovuq bo'lardi lekin darvoza yonidagi qorovulxona doimo issiq turardi, oynalari parlanganini ko'rardim. Ba'zi domlalar darsi yo'q vaqti o'sha yerda o'tirardi. Sinf sardori bo'lganim uchun jurnalni olib borish bahona qorovulxona issiqligini bilardim. Eng qiziq tomoni uning isishi maktab pullari hisobiga edi. Bu pullar esa bizdan "ремонтга" deb yig'ilardi doim.

Kecha jiyanlarimni suhbatini oldim. Biri maktabga 1 haftadan beri bormayapti ekan, ikkinchisi esa hali dars qoldirmagan. Maktab xonalari issiqmi yoki sovuqmi degan savolimga, xonalar sovuq — komissiya keladigan bo'lsa radiatorlar yoqiladi va zamdirektor kirib xonalarimiz doimo issiq denglar deb chiqib ketadi dedi.

Sezdimki, 10 yil oldingi ta'lim ham, hozirgisi ham o'sha-o'sha — rasvo. Yuqoridagi keysdan ko'rinadiki: biz yoshlarni ko'zbo'yamachalikka o'rgatyapmiz. Hozir komissiyaga yaxshi ko'rinish uchun yolg'on gapirgan avlod ertaga katta bo'ladi. Huddiki Shavkat Mirziyoyev tashrifi kutilgan hududlar asfalt bosilib, zo'r holatga keltirilib keyin dabdalasi chiqib ketayotgani kabi. Ikkalasi ham yolg'ondan iborat. Komissiya ham, Prezident ham "hammasi zo'r" degan illuziyani ko'radi.

SSSR davridan meros qolgan va hozirgacha davom etayotgan maddohkorona tizimdan voz kecha olmaymiz. Uyimizga kelgan mehmonga "hammasini zo'r" ko'rsatgan oilalardan yetishib chiqqan bolalar maktabda ham shu ishni qiladi. Undan keyin hokimlar, vazirlar aldanadi. Oxirida prezident yolg'on spektakllarni ko'radi.

"Dunyo — bu teatr, odamlar esa aktyorlardir" degan gapni Shekspir bizni eski va yangi O'zbekistonimiz uchun aytgan, shekilli. Ha, biz eng yaxshi aktyorlarmiz, rejissyorlarimiz esa rahbarlar, hokimlar, davlat odamlari. Eng katta rejissyor ham biladi bu soxtaliklarni.

Sovuq xonada hech kimni darsda o'tirgisi kelmaydi. Farzandlarni maktabga borishga majburlamaylik. Shamollasa yana o'sha sovuq kasalxonalarga olib borasiz baribir.


Yuqoridagilar bu aytganlarimni o'ylamaydi, chunki ularning farzandi xususiy maktablardagi issiq xonalarda ta'lim oladi.

@legal_mind