Get Mystery Box with random crypto!

Bir-biriga mos degan jumla — bu kamchiliksiz, orzudagi ideal s | LEGAL MIND

Bir-biriga mos degan jumla — bu kamchiliksiz, orzudagi ideal shaxs degani emas. Agar hayotda ideallik muhim bo'lganida mukammal juftlik degan ta'rifni bergan bo'lardik. Qo'shimcha, "uzukka ko'z qo'ygandek" iborasini eshitgansiz. Buning ma'nosi ham bir-biriga yarashgan, mos degani. Shunda ham biri uzuk, biri ko'z bo'lgani uchun e'tirof etilyapti.

Sizga aytsam uni tanlashda dunyolarimiz, hayot tarzimiz va fikrlashimiz o'xshashligi rol o'ynagan.

Puzzle ( ) o'yinini o'ynaganingizda e'tibor berganmisiz, bir-biriga mos bo'laklar birlashib, o'rnini to'ldirgandagina san'at asari yoki kutilayotgan natija paydo bo'ladi. Hayotda ham shunday: kimgadir ko'ngil bermoqchimisiz — kamchiliklar-u yutuqlari(ngiz) bilan bir butun bo'lakka aylana olsangiz gazini bosing.


Keraksan
@legal_mind