Get Mystery Box with random crypto!

​​Hayotimizda ko'plab insonlarni uchratamiz lekin ularning jud | LEGAL MIND

​​Hayotimizda ko'plab insonlarni uchratamiz lekin ularning juda oz qismi bilan yaqin aloqalarni o'rnatamiz. O'qishga kirganimda birinchi bo'lib do'stlashgan qadrdonim kechagina IELTSdan natijani yorvordi.

Overall — 8.0) Eng quvonarlisi writing bo'limidan — 7.5 ni zabt etdi. Bitta narsani “по секрету” aytaman: reading va listeningdan 8.5-9 natija olish bu bolaga yong'oq chaqishdek gap, o'zim ko'p ko'rganman. Kanaliga kirsangiz speechlaridan ham bahramand bo'lishingiz mumkin, bahoni o'zingiz berasiz.

Hozirgi kunda diqqatni jamlagan holda bajarilgan ishlarni bahosi eng yuqori bo'lgan zamonda yashayapmiz. Qanday dars qilishini, o'z ustida ishlashini va qat'iyatini ko'rib tan bergan kamsonli insonlardan biri.

Aslida tolibi ilm degan shunday bo'lishi kerak: himmati oliy, bir narsaga kirishdimi erishmaguncha tinmaydigan, ikkinchi bo'lishga rozi bo'lmaydigan. Shu hislatlarni Ismoiljon G'ulomovda ko'rishingiz mumkin.

Bilasiz, sizlarga eng yaxshisini ulashishga harakat qilaman. Sahifasiga a'zo bo'lsangiz faqat foyda olasiz:

IELTS with Gulomoff:)

@legal_mind