Get Mystery Box with random crypto!

​​Assassin's Creed Valhalla va Al-Xorazmiy Bilasiz, kompyuter | Kuzatuvchi blogi👀

​​Assassin's Creed Valhalla va Al-Xorazmiy

Bilasiz, kompyuter oʻyinlari asosiy hobbiyim va bu safargi oʻyindagi bir kichkina epizodni aytib bermoqchiman. Assassinlar haqidagi oʻyin turkumining eng soʻnggi versiyasi boʻlmish Valhalla da bosh qahramon bir joyda missiya bajaradi. Eng qizigʻi missiya davomida sherigi tomonidan Al-Xorazmiy ismi tilga olinadi. Al-Xorazmiyning buyuk matematik va astronom olim ekanligi, Bayt-ul Hikma va undagi ulkan kutubxona haqida ham gap ketadi. Oʻyin ishlab chiqaruvchilarga qoyil qolganim aynan Al-Xorazmiy haqidagi dialogni o'tkazib yuborib boʻlmaydi (qolgan joylarda oʻtkazib yuborsa boʻladi). Shu joyida developerlarning hurmatini koʻrib mutafakkir bobomizdan faxrlanib ketdim. Chunki bu dunyodagi eng mashhur oʻyinlardan biri, uni millionlab ixlosmandlar oʻynaydi. Tabiiyki, ular ham Al-Xorazmiy haqida bilib borishadi.
Biz avlodlar esa shu bobomizga munosib farzand boʻlib, hech boʻlmaganda bitta mana shunday oʻyin yaratsak, nur ustiga aʼlo nur boʻlardi...

@kuzatuvchi_blogi