Get Mystery Box with random crypto!

​​Yoshlar davri Oʻtgan hafta oxiri va bu hafta boshida AQShda | Kuzatuvchi blogi👀

​​Yoshlar davri

Oʻtgan hafta oxiri va bu hafta boshida AQShda ulkan tennis turniri US Open bo'lib oʻtdi. Unda sayyoramizning eng kuchli tennischilari bahs boylashdi va finalga kutilmaganda (sensatsion) yoshlar (o'smirlar) juftligi yetib keldi. Ayollar boʻyicha turnirda britaniyalik Emma Radukanu (18 yosh) raqibi kanadalik Leyla Fernandezni (19 yosh) taslim etib gʻolib boʻldi. Erkaklar oʻrtasida esa rossiyalik Danil Medvedev (25 yosh) serbiyalik birinchi raqamli tennischi Novak Jokovich ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi va yakunda bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.
Bundan sal oldinroq esa turnirning nimchorak finalida ispaniyalik Karlos Alkaras (18 yosh) jahonning 2-raqamli tennischisi Stefanos Tsitsipasni magʻlub etib chorak finalga yoʻl olgandi va bu matbuotda Nadaldan keyingi yangi yulduz yetishib chiqayotganiga eʼtibor berildi.
Xullas, oʻtgan hafta sensatsiyalarga boy, shiddatli hafta boʻldi.
Mana, doʻstlar, yoshlar davri keldi, davrani keng oling, davrani...

@kuzatuvchi_blogi