Get Mystery Box with random crypto!

Uzoq urinishlardan so'ng, vanihoyat kinoteatrga tushdim(uzoq u | Kuzatuvchi blogi👀

Uzoq urinishlardan so'ng, vanihoyat kinoteatrga tushdim(uzoq urinish deganimning sababi bundan oldin bir nechta filmlar premyerasiga tushish niyatim bo'lgan-u, lekin imkonim, vaqtim bo'lmagani uchun tusholmay yurgandim ).
Xullas, bugun premyerasi 'sabrsizlik' bilan kutilgan "Spider-Man. No Way Home" filmini tomosha qildim. Vaay, kinomisan kino, daxshat! Spoyler aytish niyatim yo'q, ammo kinoni nafaqat action janridagi film, balki haqiqiy drama desa bo'ladi. Aktyorlar jamoasi 'vashshee' deganidan)) Bir paytlar Farmonov aytganidek, "Bolaligimni eslatib yubordi, jiladim"

Umuman, olganda kinoga tushish ajoyib tajriba ekan: Katta ekran, oyoq uzatsa bo'ladigan o'rindiqlar, faqat popkornga ruxsat yo'q ekaney(( Korona sababli deyishdi (koronani popkornga nima aloqasi bor, hayrnoman ) Lekin kinozaldagi atmosferaga qoyil qolmadim. Odam ko'p kirganiga qaramay, kulminatsion kadrlarda "voo" kabi emotsiyalar ham, kulgini kadrlarda kulishlar ham bo'lmaskan. Ha bir, Endgame dagidek baqir-chaqir qilmaysanmi? deydigan odam yo'q:) Ammo ko'pchilik xuddi men kabi filmning oxiridagi keyingi qismga ilmoqni ko'rish uchun tugaguncha kutishdi(bunga qoyil qolsa bo'ladi).

Umuman olganda film haqiqatda zo'r, uning zo'rligini anglab yetish uchun bundan oldingi 2 ta alohida-alohida o'rgimchak odam trilogiyasini ko'rish kerak. Ya'ni ancha oldin chiqqan 1-Spiderman, keyinroq chiqqan The Amazing Spiderman va hozirgi Avengersdagi Spider-Man nazarda tutildi. Sizlarga tavsiyam, kinoni albatta ko'ring! Ketgan vaqtingiz va pulingizga achinmaysiz)

@kuzatuvchi_blogi