Get Mystery Box with random crypto!

​​2015-yil 20-avgust. Goʻyoki hayot-mamot masalasi hal boʻlayo | Kuzatuvchi blogi👀

​​2015-yil 20-avgust. Goʻyoki hayot-mamot masalasi hal boʻlayotgan kun edi oʻshanda. Ertalab yana telefonga qarayman - sms yoʻq. Dadam ham soʻraydi "Nima boʻldi" deb) Va nihoyat, tush paytidan keyin hamma yoqdan ana falonchiniki chiqibdi, mana qulonchi kontrakt boʻlibdi... kabi xabarlar kela boshladi. Men ham oʻzimdagi telefonga sms kelmaydi deb qoʻshni akanikiga yugurib boribman aniqlab ber deb (oʻsha paytlar Click orqali tezroq bilsa boʻlardi va kamdan-kam odamda Click bor edi). Aka aniqlab berdi - 179,4 ball bilan kontrakt. Unga soʻlgʻin o'ychan kelganman, chunki dadam kontrakt boʻlsang o'qitmayman degandilar. Lekin ularga yuzma-yuz boʻlganimda allaqachon ularga ham sms kelgan, oʻqishga kirganimni bilgan va tabriklab ketdilar. Men hayron. Keyin bilsam kontraktga kirsam oʻqitmasliklari meni grantga intilishga majbur qiluvchi oʻziga xos manyovr ekan)

Oʻsha paytlar testlar 36 talik, imtiyozchilar umumiy kvota ichida va tembole Jahon tillari eng "bozori qaynagan" joy boʻlgani sabab grant chegarasi doim yuqori boʻlib kelgan. Shuning uchun juda koʻpchilik "o'lib" tayyorlansa ham kontraktga "ilinardi". Lekin biz shunga ham xursand edik. Ayniqsa men koʻpincha oʻqishga kirganimdan emas, qishloqdan tezroq shahar tomonga ketayotganimdan xursand edim (qishloqda ish koʻp, men esa juda dangasaman ).

Mana hozir o'qishni tugatib, Koreya osmoni ostida shu postni yozarkanman, bugun juda koʻpchilik abituriyentlar talabalik baxtiga (!) erishganliklari bilan tabriklayman. Ular endi to boshlari qars etib urilmaguncha oliy taʼlim eyforiyasida yurishadi) Xay mayli ungacha faqat va faqat bitta tilagim bor: faqat o'zingiz uchun oʻqing! Ilm olishda egoizmni yoqing! Faqat oldinga harakat qiling, zero talabalikka erishish oxirgi qadam emas...

@kuzatuvchi_blogi