Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzsamarqand — Samarqand | Kun.uz S
Telegram kanalining logotibi kunuzsamarqand — Samarqand | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzsamarqand
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.41K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Samarqand viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 4

2023-05-11 15:28:15
AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 12-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

USD 11 465,00 so‘m (+11,93)
RUB 151,73 so‘m (+1,64)
EUR 12 528,95 so‘m (–20,18)


Samarqand xabarlari
2.1K views12:28
Ochish/sharhlash
2023-05-11 13:50:24
Samarqandda shahar ko‘chalari bo‘ylab piyodalar ishtirokida sodir etilayotgan yo‘l-transport xodisalarini oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Samarqand xabarlari
3.3K views10:50
Ochish/sharhlash
2023-05-11 11:57:55
Tadbirkorlarning bankdagi pulini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.

https://kun.uz/uz/78454365

Samarqand xabarlari
4.1K views08:57
Ochish/sharhlash
2023-05-11 09:00:48
Samarqand viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

“O‘zgidromet” 12-13 hamda 16-17  may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Shu jumladan Samarqand viloyatining:

Urgut
Samarqand
Bulung‘ur
Nurobod
Qo‘shrabot
Kattaqo‘rg‘on
Payariq
Jomboy
Ishtixon tumanida yashovchilar ham sel xavfidan ogohlantirilmoqda


Samarqand xabarlari
4.9K views06:00
Ochish/sharhlash
2023-05-11 08:27:25
Mahalla raislariga noqonuniy topshiriq bergan Past Darg‘om tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Past Darg‘om tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Tohir Qosimov «Mening loyiham»ga ovoz berishda mahalla raislariga bosim o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Samarqand viloyat hokimligida bugun o‘tkazilgan yig‘ilishda T.Qosimov ishdan olingani aytildi. Shuningdek, yig‘ilishda barcha rahbarlar qat’iy ogohlantirilib, Prezidentning 2023 yil 10 apreldagi qarori mazmun-mohiyati yana bir bora tushuntirildi.

Samarqand xabarlari
4.6K viewsedited  05:27
Ochish/sharhlash
2023-05-11 07:50:24
Uzcard va Humo bankomatlarini integratsiyalash bo‘yicha texnik ishlar yakunlandi

2023 yil 1 iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini bosqichma-bosqich o‘zaro bir-biriga ulash boshlanadi.

https://kun.uz/uz/49739261

Samarqand xabarlari
4.6K views04:50
Ochish/sharhlash
2023-05-10 18:39:16
Samarqand viloyatida tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Narpay tuman bo‘limi tomonidan gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda, Narpay tumanida yashovchi Sh.S. va “X.B.” fermer xo‘jaligi rahbari U.N. yashirin ohak ishlab chiqarish syexi tashkil etib, 1,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Samarqand tumanida “A.X.” fermer xo‘jaligi ham tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, bir necha mln so‘mlik tabiiy resurslardan noqonuniy foydalani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Samarqand xabarlari
5.6K views15:39
Ochish/sharhlash
2023-05-10 16:22:30
Viloyat hokimining sayyor qabuli o‘tkaziladi

Joriy yil 13-may kuni soat 08-00 dan boshlab viloyat aholisi uchun Samarqand shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkaziladi.

Sayyor qabulga fuqarolarni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalar yuzasidan murojaat qilish mumkin. Sayyor qabulga kelmoqchi bo‘lganlar 1177 qisqa raqamiga va (66)235-62-36 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ma‘lumot olishlari mumkin.

Samarqand xabarlari
6.4K views13:22
Ochish/sharhlash
2023-05-10 15:40:52
Ijtimoiy tarmoqlarda Past Darg'om tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Tohir Qosimov tomonidan “Mening yo’lim” loyihasi doirasida o’zi tanlagan loyihalarga majburan ovoz berishni so’rab mahalla raislariga yuborgan xabarlarining skrinshoti tarqaldi.

Unda mahalla raislari o’zlarining tashabbusiga emas, Tohir Qosimov tanlagan loyihalarga majburan ovoz yig’ishi, yo’qsa bu talabni bajarmagan mahalla raislarining “pattasi olinishi” aytilgan.

Ushbu skrinshotlar haqiqiymi yoki yo’qmi, hozircha bunga rasmiy izoh berilmadi.

8-may kuni Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi “vaziyatni o’rganyapmiz” degan umumiy qisqa xabar chiqardi, lekin o’rganish natijasi hozircha aytilmadi.

Samarqand xabarlari
5.9K views12:40
Ochish/sharhlash
2023-05-10 14:07:45
AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 11-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

USD 11 453,07 so‘m (+20,02)
RUB 150,09 so‘m (+1,99)
EUR 12 549,13 so‘m (–69,53)


Samarqand xabarlari
5.5K views11:07
Ochish/sharhlash