Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzsamarqand — Samarqand | Kun.uz S
Telegram kanalining logotibi kunuzsamarqand — Samarqand | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzsamarqand
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.41K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Samarqand viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2023-07-04 13:33:16
Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Samarqand xabarlari
5.1K views10:33
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:34:44
So‘nggi 6 yillik baholar OTMga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

Joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

https://kun.uz/uz/99162273

Samarqand xabarlari
5.3K views08:34
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:02:13
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan 2023-2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi OTM, respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMdan davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

https://kun.uz/uz/49873661

Samarqand xabarlari
5.0K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:02:02
Yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri berish bo‘yicha barcha imtiyozlar tugatildi

Prezident farmoni bilan yer uchastkalarini berish bo‘yicha ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Kadastr agentligi xabariga ko‘ra, ular quyidagilar:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali beriladi (realizatsiya qilinadi);

yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolar to‘liq chiqarib tashlandi;

jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlar takomillashtiriladi.

Samarqand xabarlari
5.3K views07:02
Ochish/sharhlash
2023-07-04 08:58:26
OTMga imtihon topshirish «avval test, so‘ng tanlov» tamoyili asosida tashkil etiladi

2024-2025-o‘quv yilidan abiturientlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

https://kun.uz/uz/22021255

Samarqand xabarlari
5.4K views05:58
Ochish/sharhlash
2023-07-03 17:18:28
4-iyul kuni harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 4-iyul, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra ertaga Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +40 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

https://kun.uz/uz/29104874

Samarqand xabarlari
5.9K views14:18
Ochish/sharhlash
2023-07-03 14:18:51
Dollar kursi yana oshdi

Markaziy bank 4-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

USD 11 534,99 so‘m (+12,86)
RUB 129,09 so‘m (–6,54)
EUR 12 561,60 so‘m (–44,76)


Samarqand xabarlari
5.9K views11:18
Ochish/sharhlash
2023-07-03 13:14:39
Yaponiyada Samarqand kunlari o‘tkazilmoqda

Yaponiyaning Nara shahrida Samarqand kunlari festivali o‘tkazilmoqda. Unda samarqandlik turizm sohasi vakillari, tadbirkor va hunarmandlar, madaniyat xodimlari ishtirok etmoqda.

Samarqand xabarlari
5.8K views10:14
Ochish/sharhlash
2023-07-03 11:41:36
Samarqand viloyatida 1 porsiya palovning oʻrtacha narxi qancha?

Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʻrtacha narxlari (2023-yil iyun oyi uchun):

1 porsiya oshning oʻrtacha narxi:

Qoraqalpogʻiston R. – 20 800 soʻm
Andijon viloyati – 22 200 soʻm
Buxoro viloyati – 24 400 soʻm
Jizzax viloyati –23 200 soʻm
Qashqadaryo viloyati – 24 200 soʻm
Navoiy viloyati – 20 400 soʻm
Namangan viloyati – 19 800 soʻm
Samarqand viloyati – 25 200 soʻm
Surxondaryo viloyati – 24 800 soʻm
Sirdaryo viloyati – 23 200 soʻm
Toshkent viloyati – 21 800 soʻm
Fargʻona viloyati – 19 200 soʻm
Xorazm viloyati – 22 800 soʻm
Toshkent shahri – 29 000 soʻm

Samarqand xabarlari
5.9K views08:41
Ochish/sharhlash
2023-07-03 10:38:39
Samarqandning egasi bormi?!

Kun.uz tahririyatiga Samarqand shahri Gagarin ko'chasi Sadaf mahallasidagi bir guruh tadbirkorlar murojaat qilishdi. Ularning aytishicha, do'konlarining oldida yangi «moshina bozori» paydo bo'lmoqda.

Ko'chaning yashil hududga mo'ljallangan qismi bir guruh shaxslar tomonidan temir to'siqlar yordamida o'rab olingan. Oqibatda do'konlarga kelayotgan mijozlarga noqulaylik tug'ilib, tadbirkorlar faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Bu borada «Sadaf» mahallasiga, mahalladagi hokim yordamchisiga, shahar hokimligiga, shahar kadastr bo'limi va arxitektura bo'limlariga murojaat qilingan, ammo ijobiy natija bo'lmagan.

P.S. Shu kunlarda shahar aholisini qiynayotgan Kaftarxona avtoshohbekati muammosi ham ochiqligicha qolmoqda. Shuningdek, tahririyatga shahardagi ijtimoiy muammolar bo'yicha kelayotgan murojaatlarning keti uzilmayapti...

Samarqand xabarlari
5.7K views07:38
Ochish/sharhlash