Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzsamarqand — Samarqand | Kun.uz S
Telegram kanalining logotibi kunuzsamarqand — Samarqand | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzsamarqand
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.41K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Samarqand viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 10

2023-04-26 13:08:40
Kattaqo‘rg‘onda fuqaroni Angliyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda, fuqaro M.Q. fuqaro T.Sh.ning o‘g‘li va yaqin qarindoshini Angliya davlatiga ishga yuborish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 3 000 dollarni qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu  pullardan 800 dollarni qaytargani prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Samarqand xabarlari
6.0K views10:08
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:58:27
Oshayotgan ish haqi, “imtiyozli” jarima va “dom”lar tomiga quyosh paneli. 1 maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq 2023 yil 1 maydan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi.

https://kun.uz/uz/37486503

Samarqand xabarlari
5.8K views07:58
Ochish/sharhlash
2023-04-26 09:48:34
27-aprel kuni havo biroz bulutli bo‘ladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 27-aprel, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

https://kun.uz/uz/13593961

Samarqand xabarlari
5.9K views06:48
Ochish/sharhlash
2023-04-26 07:17:56
Samarqandda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi

Samarqanddagi eshkak eshish kanali sohilida uch yil muddat ichida qurib foydalanishga topshirilgan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi jahon ahamiyatiga molik tadbirlar o‘tkazilgani bilan tillarga tushdi. Endi bu yerda nufuzli sport musobaqalari ham o‘tkazilmoqda.

https://kun.uz/uz/98755811

Samarqand xabarlari
6.6K viewsedited  04:17
Ochish/sharhlash
2023-04-24 18:19:00
Silkavia aviakompaniyasining ATR-72-600 samolyoti Toshkent – Samarqand – Toshkent yoʻnalishida ilk sinov parvozini amalga oshirdi. Ertaga, 25-apreldan boshlab Toshkent – Termiz yoʻnalishida ilk tijorat reysi amalga oshiriladi.

Samarqand xabarlari
3.2K views15:19
Ochish/sharhlash
2023-04-24 15:24:40
Samarqand viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi

2022- yilda Samarqand viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 41 249,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shundan eng ko‘pi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri kelib – 24 419,6 mlrd so‘m.

Kichik korxonalar va mikrofirmalar – 16 830,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Samarqand xabarlari
4.3K views12:24
Ochish/sharhlash
2023-04-24 11:59:04
Samarqand viloyatida qancha koʻp kvartirali uy bor?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda koʻp kvartirali uylar soni 47 776 tani tashkil etgan.

Hududlar boʻyicha koʻp kvartirali uylar soni:

Qoraqalpogʻiston R. – 1 782 ta
Andijon viloyati – 2 011 ta
Buxoro viloyati – 2 385 ta
Jizzax viloyati – 2 726 ta
Qashqadaryo viloyati – 2 194 ta
Navoiy viloyati – 1 835 ta
Namangan viloyati – 1 754 ta
Samarqand viloyati – 3 300 ta
Surxondaryo viloyati – 4 045 ta
Sirdaryo viloyati – 2 362 ta
Toshkent viloyati – 6 147 ta
Fargʻona viloyati – 4 149 ta
Xorazm viloyati – 1 828 ta
Toshkent shahri – 11 258 ta

Samarqand xabarlari
5.6K views08:59
Ochish/sharhlash
2023-04-24 10:09:58
25-aprel kuni havo harorati 35 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 25-aprel, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

https://kun.uz/uz/21326125

Samarqand xabarlari
4.9K views07:09
Ochish/sharhlash
2023-04-24 07:43:12
Samarqand shahar ko‘chalari bo‘ylab olib borilgan tungi reyd tadbirlari davomida bir qancha spirtli ichimlik ist’yemol qilib mashina boshqargan haydovchilar aniqlanib ularga qonuniy choralar ko‘rildi.

Samarqand xabarlari
5.4K views04:43
Ochish/sharhlash
2023-04-23 07:24:33
Samarqandda piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborib voqea joyidan yashiringan haydovchi topilib qonuniy tartibda chora ko‘rildi.

Samarqand xabarlari
3.8K views04:24
Ochish/sharhlash