Get Mystery Box with random crypto!

Kumush Odina Qarshiboyeva

Telegram kanalining logotibi kumush_odina — Kumush Odina Qarshiboyeva K
Telegram kanalining logotibi kumush_odina — Kumush Odina Qarshiboyeva
Kanal manzili: @kumush_odina
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81
Kanalning ta’rifi

Koʻnglim qolgani yoʻq yorugʻ olamdan,
Xayolimda yoʻqdir na viqor, na kin.
Baribir bir kuni sizdan ketaman
Qayga ketganimni bilmaydi hech kim.
(Usmon Azim)
★★★
kanal kundalik rejimida yuritiladi

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-27 12:38:58 #tavallud_kun Opajonim,Zarnigor Abduolimovaning kuni bugun . Alloh eng goʻzal baxtlar bilan siylasin sizni Ko'nglingni kengliklar bezagan bechek Va cheki ko'rinmas xavotirimning Axir ayt, bu kenglik kimlarga ma'vo Ey mening...! Ey mening! Sen mening…
85 viewsKumush Odina Qarshiboyeva, 09:38
Ochish/sharhlash
2022-12-27 07:26:08
Boshqa odamlarning cheklangan tasavvurlari sizni cheklamasin

Mey Jemison
83 viewsKumush Odina Qarshiboyeva, 04:26
Ochish/sharhlash
2022-12-26 16:37:33
#tez_kunda #yangi_kitob

Zamonamizning qalami oʻtkir yozuvchilaridan biri Nabijon Boqiyning yangi asari nashrdan chiqish arafasida.

Yangi taqdirlar, qahramonlar bilan yuzlashishga tayyormisiz?

Sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook
53 viewsKumush Odina Qarshiboyeva, 13:37
Ochish/sharhlash
2022-12-26 13:59:37 ​#taqriz

“Oydin tunlar” kitobi bo‘yicha taqriz

Kitobdan ikkita qissa o‘rin olgan: “Ma’suma” va “Oydin tunlar”. Bulardan tashqari yozuvchining turli yillarda yozilgan maktublari ham kitobga kiritilgan.
“Ma’suma” asarida bir qizning o‘ziga xos hayoti tasvirlangan. Asar qahramoni bo‘lmish 16 yoshli qiz o‘zidan ancha katta garov kassasini yurituvchi odamga turmushga chiqadi. Qiz bir umr baxtli bo‘lish istagi bilan yashaydi, ammo turmush o‘rtog‘ining kasbi va haddan ortiq kamgapligi sabab qiz bunga erisholmaydi. Ma’sumada yoshlarga xos sho‘xlik, qiziquvchanlik ustun bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ida buning aksi bosiqlik, kamgaplik ko‘proq edi. Bir kuni turmush o‘rtog‘i qizning o‘ziga xiyonat qilmoqchi ekanligini eshitadi. Shunday qilib, ularning munosabatlari sovuqlasha boshlaydi. Garov kassasi egasi badavlat hayot kechirishni maqsad qiladi. Qiz esa bundan bexabar, e’tibor va mehr ko‘rishni istaydi. Oxiri qiz joniga qasd qiladi. Asarning o‘ziga xos jihati, voqealar boshlangan joyida tugaydi. Ya’ni qizning o‘limidan bir necha soat o‘tgach, qahramon buni hikoya qila boshlaydi,biroq qizning o‘limi haqida gapirmaydi. Voqealarni bir boshidan eslaydi va hikoya qiladi. Qizning o‘lganini aytish bilan asar tugaydi.

Ikkinchi asar “Oydin tunlar” qissasining qahromoni o‘zini xayolparast deb ataydi. Uning hayotida voqelik kam uchraydi. Xayolparast qahramon bir kuni Nastenkani uchratadi, shundan so‘ng u bilan bir necha kun uchrashadi. Bu voqealar xayolparast uchun juda maroqli va qadrli bo‘ladi. U qizga baxtli bo‘lishi uchun yordam bermoqchi bo‘ladi. Biroq bu bilan o‘zini baxtsiz qiladi. U Nastenkani sevib qoladi, ular birga yashash va baxtli bo‘lishga kelishib olishadi. Voqealar shu yerga kelganda, ular uzoq paytdan beri kutilayotgan, qishloqqa kelgan bo‘lsa-da, hali Nastenka bilan uchrashmagan sevgilisi bilan ko‘rishib qolishadi. Shubhasiz, Nastenka u bilan ketadi. Xayolparast qahramonimiz esa yana o‘z xayollari bilan yolg‘iz qoladi.
Ikkala asarning ham bosh qahramonlariga ism qo‘yilmagan, shunga qaramay ikkala qahramonni ham maromiga yetkazib chizilgan xarakter deyishimiz mumkin.

Muallifning maktublari esa uning adabiy qarashlarini aks ettirgani bilan ahamiyatlidir.

Kumush Odina Qarshiboyeva

Sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook
42 viewsKumush Odina Qarshiboyeva, 10:59
Ochish/sharhlash
2022-12-23 14:22:24
#tez_kunda #yuz_ochdi

Hazrat Paygʻambar sollallohu alayhi vassalam: “Ey Jabroil! U shaharlarning nomlarini menga ayt”, dedi. Jabroil alayhissalom shaharlarning birini arab tilida Qosimiy (forschada Yashkard) deydilar, uchinchisini arabchada Foxira (forschada Buxoro) deb javob berdi. Paygʻambar sollallohu alayhi vassalam soʻradi: “Ey Jabroil! Nega Foxira deb ataydilar?” Jabroil: “Shuning uchunki, qiyomat kuni bu shahar oʻzida shahidlarning koʻpligi bilan faxr qiladi”, deb javob berdi. Paygʻambar sollallahu alayhi vassalam xitob qilib: “Ey Alloh! Foxiraga barokat bergin, uning xalqlari dillarini taqvo bilan pok etgin, ishlarini pokiza qilgin va ularni mening ummatimga marhamatli qilgin!” dedi”.

Abu Bakr Narshaxiy,
“Buxoro tarixi”dan


Sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook
54 viewsKumush Odina Qarshiboyeva, 11:22
Ochish/sharhlash
2022-12-21 19:31:56
Odinaga

Sevimli oʻqishing bor, qadrdon kursdoshlaring ham. Senga ishonadigan ota-onang, qizgʻonadigan uka-singillaring bor. Bir emas uchta yelkadoshing—doʻstlaring bor.
Endi esa sevimli ishing va oʻzingga oʻxshagan hamkasblaring bor.
Bitta sevadigan odam yoʻq. Lekin sen unaqa lapashang bosh ogʻriqlarsiz ham baxtlisan. Va bundan keyin ham baxtli boʻlasan.
Sen oʻzing yurib oʻtgan yoʻldan ham mashaqqatliroq yoʻllarni yurishing kerak.
Sen buni, albatta, uddalaysan!
Ishingga omad)))

Hurmat bilan Kumush
67 viewsKumush Odina Qarshiboyeva, 16:31
Ochish/sharhlash