Get Mystery Box with random crypto!

​#taqriz “Oydin tunlar” kitobi bo‘yicha taqriz Kitobdan ikki | Kumush Odina Qarshiboyeva

​#taqriz

“Oydin tunlar” kitobi bo‘yicha taqriz

Kitobdan ikkita qissa o‘rin olgan: “Ma’suma” va “Oydin tunlar”. Bulardan tashqari yozuvchining turli yillarda yozilgan maktublari ham kitobga kiritilgan.
“Ma’suma” asarida bir qizning o‘ziga xos hayoti tasvirlangan. Asar qahramoni bo‘lmish 16 yoshli qiz o‘zidan ancha katta garov kassasini yurituvchi odamga turmushga chiqadi. Qiz bir umr baxtli bo‘lish istagi bilan yashaydi, ammo turmush o‘rtog‘ining kasbi va haddan ortiq kamgapligi sabab qiz bunga erisholmaydi. Ma’sumada yoshlarga xos sho‘xlik, qiziquvchanlik ustun bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ida buning aksi bosiqlik, kamgaplik ko‘proq edi. Bir kuni turmush o‘rtog‘i qizning o‘ziga xiyonat qilmoqchi ekanligini eshitadi. Shunday qilib, ularning munosabatlari sovuqlasha boshlaydi. Garov kassasi egasi badavlat hayot kechirishni maqsad qiladi. Qiz esa bundan bexabar, e’tibor va mehr ko‘rishni istaydi. Oxiri qiz joniga qasd qiladi. Asarning o‘ziga xos jihati, voqealar boshlangan joyida tugaydi. Ya’ni qizning o‘limidan bir necha soat o‘tgach, qahramon buni hikoya qila boshlaydi,biroq qizning o‘limi haqida gapirmaydi. Voqealarni bir boshidan eslaydi va hikoya qiladi. Qizning o‘lganini aytish bilan asar tugaydi.

Ikkinchi asar “Oydin tunlar” qissasining qahromoni o‘zini xayolparast deb ataydi. Uning hayotida voqelik kam uchraydi. Xayolparast qahramon bir kuni Nastenkani uchratadi, shundan so‘ng u bilan bir necha kun uchrashadi. Bu voqealar xayolparast uchun juda maroqli va qadrli bo‘ladi. U qizga baxtli bo‘lishi uchun yordam bermoqchi bo‘ladi. Biroq bu bilan o‘zini baxtsiz qiladi. U Nastenkani sevib qoladi, ular birga yashash va baxtli bo‘lishga kelishib olishadi. Voqealar shu yerga kelganda, ular uzoq paytdan beri kutilayotgan, qishloqqa kelgan bo‘lsa-da, hali Nastenka bilan uchrashmagan sevgilisi bilan ko‘rishib qolishadi. Shubhasiz, Nastenka u bilan ketadi. Xayolparast qahramonimiz esa yana o‘z xayollari bilan yolg‘iz qoladi.
Ikkala asarning ham bosh qahramonlariga ism qo‘yilmagan, shunga qaramay ikkala qahramonni ham maromiga yetkazib chizilgan xarakter deyishimiz mumkin.

Muallifning maktublari esa uning adabiy qarashlarini aks ettirgani bilan ahamiyatlidir.

Kumush Odina Qarshiboyeva

Sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook