Get Mystery Box with random crypto!

Kumush Odina Qarshiboyeva

Telegram kanalining logotibi kumush_odina — Kumush Odina Qarshiboyeva K
Telegram kanalining logotibi kumush_odina — Kumush Odina Qarshiboyeva
Kanal manzili: @kumush_odina
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81
Kanalning ta’rifi

Koʻnglim qolgani yoʻq yorugʻ olamdan,
Xayolimda yoʻqdir na viqor, na kin.
Baribir bir kuni sizdan ketaman
Qayga ketganimni bilmaydi hech kim.
(Usmon Azim)
★★★
kanal kundalik rejimida yuritiladi

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-07 20:21:20 Navoiyning gʻazallar toʻplami bilan Boʻzatov ilhomlari qoldi
28 viewsKumush Odina, 17:21
Ochish/sharhlash
2023-01-07 19:55:23 Sirdaryodagilarga ertaga berib ketishim mumkin, Toshkentga indin yetkazaman, qolgan viloyatlardan (mobodo shunaqalar boʻlsa) pochta pulini toʻlasangiz BTS orqali yetkazaman
31 viewsKumush Odina, 16:55
Ochish/sharhlash
2023-01-07 19:53:02
Muhammad Amin Mirsaidov kitoblarini ayirboshlamqochiligini yozibdi. Meni kitob javonimda joy koʻp, shunga qaramay quyidagi kitoblar ortiqcha. Men sotmayman ham, ayirboshlamayman ham. Shunchaki, shu kitoblar kimga kerak boʻlsa sovgʻa qilib yuboraman. Menga muhimi kitoblarning boʻsh turmasligi, bu kitoblarni zeriktirmaydiganlar boʻlsa shaxsiyimga yozishingiz mumkin.
32 viewsKumush Odina, edited  16:53
Ochish/sharhlash
2023-01-06 19:59:45 Ortiqchasan... hayotga, odamlarga. Bu oʻgʻir, buni sezib turishing esa undanda ogʻirroq... Bu ortiqchalikni yengillatish uchun oʻzingni ming koʻyga soʻlasan... Aslida senga baxtli boʻlish uchun kitoblaru bitta pianina va bitta suhbatdosh yetadi.... Ammo ular tushunmaydi... ishonmaydi Baʼzida olislarga qochib ketging keladi lekin ketolmaysan Axir ulardan boshqa hech kiming yoʻq! Sen ortiqchalik qilgan insonlar. Sen keraksiz dunyo seni tushunmaydigan hayot...
121 viewsKumush Odina, 16:59
Ochish/sharhlash
2023-01-06 11:00:44 Seni umuman eslamayman. Chunki unitilgan odamlar eslanadi...

“Nafrat va muhabbat” filmidan
51 viewsKumush Odina, 08:00
Ochish/sharhlash
2023-01-06 09:48:50 Қилган гуноҳларимизнинг ҳиди бўлганида, ёнимизда ҳеч ким ўтиролмасди...
38 viewsKumush Odina, 06:48
Ochish/sharhlash
2023-01-06 09:36:40 #mutolaa

— Aslida, kimdir seni tushunishi shart ham emas. Gap oʻzingning ezgu maqsadingga ishonishda. Toʻgʻri emasmi? Axir hayot faqat televizor koʻrishu undagi kundalik ob-havoni muhokama qilishdan iborat emas-ku!

Javlon Jovliyev, “Onam va koinot” kitobidan

@kumush_odina
45 viewsKumush Odina, 06:36
Ochish/sharhlash
2023-01-05 18:49:59 Yana 10 kun “Aqlvoy”)
47 viewsKumush Odina, 15:49
Ochish/sharhlash
2023-01-01 21:12:56
#tilak

Oldindagi 365 kuningiz kitobli sovgʻalarga toʻla oʻtsin!

Sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook
67 viewsKumush Odina Qarshiboyeva, 18:12
Ochish/sharhlash
2022-12-28 15:00:32
  
Sen meni eng baland notada sevding,
Sollanib boradi bunda ohanglar.
Va qo'yding olamning ko'ksiga ilkis
Ismimni mufassal rangda muhrlab.

Hali odamdayin yashamay turib
Odamday sevildim, ey ahdi boqiy.
Ont ichding manguga tilandim deya
Ishqing sotib qo'ygan parilar haqqi!

Bir hovuch oy yanglig' kaftingda balqqan
Nekqadam hislaring tolei raso.
Qarasang, ko'zlaring bu dunyoga yot,
Ko'zlarim ko'zingga oid, qarasam...

Seni chorlayotir qahrabomisol
Kipriklar ostida og'u qalqadir.
Anglaming: dunyoning to'rt burchi yolg'on
Faqat bir yo'l qolgan manzili qadim-
Boshida men borman, so'nggida Xudo!

Shunday yuksak sevding, ohanglar o'ktam,
(Faqat og'ir botar sevgisizligim)!
Nahot tushunmaysan azizim axir
So'nggida barcha kuy topgach nihoya
Mangu qolajakmiz Sen, men va sevgim,
Men seni
sukunat
kuyida
sevdim!

Zarnigorxon Abduolimova

28.12.2022


@Zarnigorxon_1227
81 viewsKumush Odina Qarshiboyeva, 12:00
Ochish/sharhlash