Get Mystery Box with random crypto!

   Sen meni eng baland notada sevding, Sollanib boradi bunda o | Kumush Odina Qarshiboyeva

  
Sen meni eng baland notada sevding,
Sollanib boradi bunda ohanglar.
Va qo'yding olamning ko'ksiga ilkis
Ismimni mufassal rangda muhrlab.

Hali odamdayin yashamay turib
Odamday sevildim, ey ahdi boqiy.
Ont ichding manguga tilandim deya
Ishqing sotib qo'ygan parilar haqqi!

Bir hovuch oy yanglig' kaftingda balqqan
Nekqadam hislaring tolei raso.
Qarasang, ko'zlaring bu dunyoga yot,
Ko'zlarim ko'zingga oid, qarasam...

Seni chorlayotir qahrabomisol
Kipriklar ostida og'u qalqadir.
Anglaming: dunyoning to'rt burchi yolg'on
Faqat bir yo'l qolgan manzili qadim-
Boshida men borman, so'nggida Xudo!

Shunday yuksak sevding, ohanglar o'ktam,
(Faqat og'ir botar sevgisizligim)!
Nahot tushunmaysan azizim axir
So'nggida barcha kuy topgach nihoya
Mangu qolajakmiz Sen, men va sevgim,
Men seni
sukunat
kuyida
sevdim!

Zarnigorxon Abduolimova

28.12.2022


@Zarnigorxon_1227