2022-08-10 17:06:56
Platsenta (yo'ldosh) - homilani ona tanasi bilan bog'lab turuvchi organ.
Platsenta bachadon orqa deyoridagi shilliq qavatda hosil bo'ladi.
Platsentaning ikkita yuzasi mavjud: 1. Bachadon devoriga qaragan
ona yuzasi (bazal plastinka).
2. Amnion bo'shlig'iga qaragan
homila yuzasi.
Platsentaning vazifalari:- homilani kislorod va ozuqa bilan ta'minlash.
- homiladagi metabolik mahsulotlarni ona qoniga o'tkazish.
- passiv immunitetni ta'minlash.
- homilani ona immunitetidan himoya qilish.
- ona organizmiga ta'sir etuvchi gormonlar sintezlash (gonadotropin, esterogen, progesteron).
Platsenta funksiyasining buzilishi homiladorlikda turli asoratlarga:- bolaning chala tugʻilishi.
- platsentaning erta ajralishi.
- homiladorlik toksikozlariga sabab boʻladi.
Shuni takidlab o'tish joizki, platsenta inson organizmdagi yagona vaqtinchalik organ bo'lib, faqatgina homiladorlik davrida mavjud bo'lib, tug'ruq paytida organizmi tark etadi. KLINIK FIKRLASH KANALI
733 viewsISLOM ISMOILOV, 14:06