Get Mystery Box with random crypto!

Quruq ko'z sindromi - zamonaviy kasb kasalligi Bu patologiya | KLINIK FIKRLASH

Quruq ko'z sindromi - zamonaviy kasb kasalligi

Bu patologiyaning asosiy sababi ko'zning monitor bilan uzoq vaqt aloqada bo'lishidir. Bu vaqt davomida insonlar ko'zini juda kam yumib-ochadilarki, natijada bu holat ko'z sirtining "qurib qolishi"ga olib keladi.

Quruq ko'z sindromi - ko'z yosh suyuqligining yo'qligi yoki past sifatliligi sababli shoxparda va konyuktivadagi yuzaga keladigan o'zgarishlardir.

Demak, ko'z suyuqligi, ko'zni namlash vazifasini bajarganligi sababli, uning yetishmasligi diskomfort, shoxparda va konyuktivaning shikastlanishiga olib keladi.

KLINIK FIKRLASH KANALI