Kanal manzili:
Toifalar:
Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar:
1.86K
Kanalning ta’rifi
“Klinik fikrlay olmaydigan tibbiyot oliygohi talabasi, hech qachon yaxshi vrach bo‘la olmaydi”.
👨⚕Doctor Muxtorov
Reklama uchun 👉 @Tibbiy_reklama1
Ratings & Reviews
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
5 stars
1
4 stars
1
3 stars
0
2 stars
1
1 stars
0
Oxirgi xabar
2022-08-29 10:39:33
Tashqi otit - bu tashqi eshituv kanalining o'tkir teri infektsiyasi bo'lib, odatda
bakteriyalar (ko'pincha Pseudomonas oilasi) sabab bo'ladi.
Tashqi otitning belgilari: og'riq, yiringli ajralmalar, eshitish yo'lining kuchli shishishi va natijada eshitish yomonlashishi (yoki butunlay yo'qolishi), quloq suprasiga tekkanda kuchli og'riq.
Tashxis klinik tekshiruvga asoslanadi. Davolash zararlangan to'qimalarni
jarrohlik yo'li bilan olib tashlash va mahalliy dori-darmonlarni, shu jumladan
antibiotiklar,
kortikosteroidlar va
sirka kislotasi preparatlarini yoki
ularning kombinatsiyasini qo'llashni o'z ichiga oladi va albatta
quloqqa suv tegishidan saqlanish kerak ( ).
KLINIK FIKRLASH KANALI
472 viewsDoctor Muxtorov, 07:39
2022-08-22 18:30:15
Yurak miksomasi - bu yurakning xavfsiz, birlamchi o'smasi, odatda notekis shakl va jelesimon konsistensiyada bo‘ladi. Odatda yurakning chap va o'ng yarmini ajratib turadigan septumga bog'langan holda “oyoqcha” ustida o'sadi.
Miksomani bemorning alomatlari (isitma, bo‘g‘imlarda og‘riq, vazn yo'qotish, bosh aylanishi yoki hushidan ketish) asosida gumon qilish mumkin. Fonedoskop yordamida shifokor buzilgan qon oqimi natijasida hosil bo'lgan tovushni (yurak shovqini) eshitishi mumkin. Miksoma yurakka yoki undan qon oqishini to'sib qo'yishi mumkin.
Mikomani jarrohlik yo'li bilan olib tashlash odatda bemorni to'liq davolashga olib keladi.
KLINIK FIKRLASH KANALI: https://t.me/joinchat/AAAAAEgNn_qF2q8fRVLudg
573 viewsDoctor Muxtorov, 15:30
2022-08-15 14:59:38
Neyromediatorlar Aminokislotalar: Gamma-aminomoy kislota(GAMK)
Glitsin
Glutamat kislota
Asparginat kislota Katexolaminlar: Adrenalin
Noradrenalin
Dofamin Monoaminlar: Serotonin
Gistamin
Boshqalar: Atsetilxolin
Anandamid
ATF
Vazofaol intestinal peptid(VIP)
Taurin
Triptamin KLINIK FIKRLASH KANALI
1.1K viewsDoctor ISMOILOV, 11:59
2022-08-13 09:40:49
Vitamin va minerallarni birgalikda qo'llanilishi jadvali. -
mos kelmaydi (birga foydalanish mumkin emas).
-
mos keladi (birga foydalanish yaxshi ta'sir ko'rsatadi).
-
neytral (bir-biriga ta'sir qilmaydi).
KLINIK FIKRLASH KANALI
1.1K viewsDoctor ISMOILOV, 06:40
2022-08-12 06:27:29
DermatoplastikaVideoda jarohat ustini tabiiy teri qoplamasi bilan qoplash jarayoni ko'rsatilgan.
KLINIK FIKRLASH KANALI
1.1K viewsDoctor ISMOILOV, 03:27
2022-08-11 16:36:14
PankreatitPankreatit - oshqozon osti bezining yallig'lanish kasalligi.
O'tkir va
surunkali turlari ajratiladi.
Simptomlari:1. Epigastral sohada intensiv og'riq.
2. Ko'p marta qayt qilish.
3. Mexanik kelib chiquvchi sariqlik.
Surunkali pankreatitni davolash:1. Dieta ( )
2. Oshqozon osti bezi funksional faolligini oshirish;
3. O'rinbosar terapiya;
4. Xalq tabobati vositalari yordamida davolash.
Surunkali pankreatitni davolashda xalq tabobati vositalari:2 dona kartoshka va 1 dona sabzini po'sti archilmagan holda, sharbat chiqargich yordamida sharbat holiga keltirib, har ovqat oldidan 1 stakan miqdorda 1 hafta davomida (keyingi hafta tanaffus bilan) qabul qilinadi. Umumiy kurs 6 haftani tashkil etadi. (bunda 1 hafta qabul/1 hafta tanaffus tartibida)
KLINIK FIKRLASH KANALI
1.0K viewsDoctor ISMOILOV, 13:36
2022-08-11 11:32:23
Stomatologiya olami uchun yangilik - takomillashtirilgan og'iz retraktori (kengaytirgichi). Ushbu moslama yordamida stomatolog og'iz bo'shlig'ida qiyinchiliksiz davolash amaliyotini o'tkazishi mumkin. Yumshoq ballonchalar esa shilliq qavatlar zararlanishini oldini oladi.
Ko'ramiz, bizning yurtimizga yetib kelishi uchun qancha vaqt talab qilinarkan .
KLINIK FIKRLASH KANALI
806 viewsDoctor ISMOILOV, 08:32
2022-08-11 11:24:34
Nega biz yig'laganimizda doimo burnimiz oqadi? Ko'z yoshlari ajralishi bu har doim davom etib turadigan jarayon.
Ko‘zyoshlari ko‘zlarimizni himoya qilish vazifasini bajaradi. Shu bilan birga u burunga ham o'tib, shilliq qavatini namlab turadi.
Ko'z yoshlari burunga maxsus lakrimal kanal orqali kiradi. Yig‘laganimizda burunga ko‘p miqdorda ko‘zyoshi o‘ta boshlaydi.
Agar bu suyuqlik lakrimal kanal orqali burunga o‘tmaganida edi, normal holatda ham ko‘zimizdan suyuqlik oqib turgan bo‘lardi
Odamzod mukammal yaratilgan!
KLINIK FIKRLASH KANALI
811 viewsDoctor ISMOILOV, 08:24
2022-08-11 11:10:49
Rinoplastika - tug'ma yoki orttirilgan burun deformatsiyalarini estetik va davolash maqsadida to'g'irlash operatsiyasidir.
Rinoplastika amalga oshirish qulayligi va effekti yuqoriligi sabab so'nggi vaqtlarda keng qo'llanilmoqda.
Animatsiyadagi
ochiq rinoplastika bo'lib, bunda burunning barcha strukturalarini ochish va
kolumellalardan (burun teshigini ajratuvchi qismlar) ma'lum qismlarini olib tashlash orqali burunni ixcham shaklga keltirish ko'rsatilgan.
Bunday operatsiyalar
umumiy anesteziya (общий наркоз) ostida o'tkazilib, taxminan
1 soat davom etadi.
KLINIK FIKRLASH KANALI
727 viewsDoctor ISMOILOV, 08:10
2022-08-10 17:57:45
Ovoz apparati ishlash jarayonini kuzatamiz Nog‘ora parda tashqi va o'rta quloqning chegarasida joylashgan bo‘lib, voronkasimon ko‘rinishga ega.
Nog‘ora parda tebranib, eshitish suyakchalariga ta'sir ko'rsatadi.
Eshitish suyakchalari esa to‘lqinni ichki quloqqa uzatadi.
KLINIK FIKRLASH KANALI
779 viewsISLOM ISMOILOV, 14:57