Get Mystery Box with random crypto!

IERARXIYA Butun dunyo ierarxiyaga qurilgan. Litseyga kelganim | 🌼Kİtapçi_Kİz🌻

IERARXIYA

Butun dunyo ierarxiyaga qurilgan.
Litseyga kelganimda tuflimni qanday tozalashni o'rgatishdi?
Va xonamni qanday toza tutishni
Nafrat va haqorat bilan.
Go'yo xonam toza bo'lmasa
Yo toza bo'lmasa oyoq kiyimim
Inson sonidan chiqardim.
Shu bo'ldi oliy tarbiya,
Men hech o'rganmadim oyoq kiyim tozalashni.
Va umrbod o'rganmayman.
Poytaxtga borganimda yanada nariroq suril deyishdi
Qoloq, qishloqi odam,
Tilimizni tushinmaysan
Va mos emas bizga yurish- turishing
O'rgandim va xop urindim
Men mukammal odam.
Sozladim yurish-turishimni.
Lekin baribir ikkinchi odam.
Dunyoga chiqqanimda yanada nariroq surildim o'zim.
Endi menga kerakmas edi
Suril deydigani
Chunki ichimda sobit
Ichimda o'zidan uyaladigan odam.
Butun umr to'gri-noto'gri izlagan odam.
Olamni ierarxiyaga bo'lishdi
Va biladiganlar bo'ldi
Bilmaydigandan ustun.
Lekin biladigan nimani biladi,
Bilmaydiganchi?
Ayoldan erkak ustun,
Yoshdan qari ustun,
O'quvchidan o'qituvchi ustun.
Butun odam ustunlik qidiradi.
Gitlerni qarg'ab lekin
Odamlar ustunlik izlab yoqib yuboradi
Erkaklar ayol ruhini,
Kattalar kichik ruhini,
O'qituvchi o'quvchi ruhini.
Ustunlik izlab dindorlar riyokor dinsiz.
Ustunlik istab olam ierarxiyaga qurildi.
Qachondir mendan ustun bo'lgan onam
Bir chekkada mo'ltiraydi
Ko'p azobim va g'azabimga sababchi ham bilganman uni. 
Bugun kulaman o'sha o'zimdan.
Pildiraydi onam shaharga kelsa,
Biladi har joy
Har yerda
Ustun kimdir bor,
Nimadir. 
Qo'rqadi ozidan. Uyaladi o'zidan. 
Onamni yosh boladek himoya qilolmayman
Dunyo ustunliklaridan.
Har yerda ustunlar bor,
Har yerda ustunliklar
Har miyada yashiringan manfur va o'zidan qoniqqan ustunliklar.
Onam teng emas.
Odamlar teng emas,
Dunyolar teng emas.
Har joyda tengsizlik,
Har joyda ustunlik,
Har joyda xorlik uyat xo'rligi,
Ruh erkin emas,
Har qancha sig'inmang,
Xorlangan Ruh bu,
Zamin jannat emas,
Xorlangan zamin.
Tenglik tangri emas
Bilgan bilmaslar uchun zo'rlagan iloh.
Berkining, kichkina olmaga aylanib,
Va qizarib boqing olam ierarxiyasiga,
Ustunliklar xorlagan parchin ruhlarga.