Get Mystery Box with random crypto!

Jasur Khakimov blog

Telegram kanalining logotibi khakimovjasur — Jasur Khakimov blog J
Telegram kanalining logotibi khakimovjasur — Jasur Khakimov blog
Kanal manzili: @khakimovjasur
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35
Kanalning ta’rifi

Bu kanalda :
Fikrlar
Hayotimda qo'llagan yoki qo'llamoqchi bo'lgan usullarim.
Qiziqqan sohalarim haqida.
Shunchaki el qatori inson kanali.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-12-26 19:47:23 Blog boshla

Balki fikrlaringni bo’lishging kelmas. Kim ham o’qirdi deb o’ylarsan. Mayli faqat bitta odam o’qisin. Kundalik sifatida ishlatarsan balki.

Hech kim o’qimasa ham aslida eng ko’p foydasi o’zingga bo’ladi. Yil, oylar o’tib fikrlashing qanday o’zgarganini ko’rasan.

O’zgarmasachi? Blog yuritgan har qanday odamniki o’zgaradi. Fikrlarini jamlab yozishni boshlash aqliy o’sishsiz bo’lmaydi.

Balki senga qiziq emasdir. Kengroq o’yla. Senga fikrlaring qiziq bo’lmasa — jamoang, oilang, do’stlaring, kelajakda esa farzand va nevaralaringga qiziq.

Yoshlikdagi barcha rasmlarimni o’sha yoshdagi 10-15 ta fikrlarim yozilgan qog’ozlarga tikka almashgan bo’lardim.

Otamni 20 yoshligidagi rasmi meni uncha hayratga solmagan. Lekin kundaliklarini bir necha marta o’qidim. Men tug’ilgach yozishni to’xtatgan ekanlar — vaqtlari kamayib ketgan. Har o’qiganimda ko’zimga yosh keladi.

O’zingga va atrofdigalarga qiladigan eng katta yaxshiliging ham shu. Rasmlaringni bo’lishishni to’xtat. Fikrlaringni bo’lish.

P.S.
Turmush qurishdan oldin rasmlarni almashgandan ko’ra, blog linklarini almashgan afzal. Odamning fikrlari uning rasmidan ko’ra 100 barobar ko’proq ma’lumot beradi.

@azizrakhimov_blog
16 views16:47
Ochish/sharhlash
2022-12-26 16:45:23 ​#Qarashlar

Bugun Musiqani inson miyyasiga qanday ta'sir o'tkazishini bilmoqchi bo'lib ancha google titdim, va topgan bilgan narsalarim haqida hozir yozyapman:

Musiqa Hozirgi kunda arofimizni o'rab olgan barcha narsalarga bog'langan holda insonlar uchun taqdim etilyapti buni inkor etish qiyin, shu bilan birgalikda musiqa orqalik inson ongini monipulyatsiya qilish ham mumkin ekan masalan : olimlar tadqiqotiga qaraganda supermarketga kirganingizda u yerda musiqa qo'yilgan bo'lsa ushbu musiqaning to'g'ri tanlanganligi haridorning ko'proq va qimmatroq narsalar olishga undar ekan (psixologik) jixatidan.

Musiqaning miyyaning qaysi qismiga eng kuchli ta'sir o'tkazishi haqida : musiqa eshitayotgan inson miyyasini har bir qismini faol tarzda ishlatadi (miyya to'lliq egallanadi), musiqa insonga yoqqan vaqtida miyyaning accumbens yadrosi (rag'bat hissi uyg'otadigan, inson kayfiyatiga ta'sir o'tkazuvchi miyyaning bo'limi) uni bevosita eng ko'p qabul qiladi bu esa musiqadan ko'proq zavqlanish, kayfiyat ko'tarilishi shunga bog'liq xotiralarning esga olinishi va ruhiyatdagi o'zgarishga olib keladi, bu esa o'z navbatida dofamin (rag'bat,hayajon,nimadandur umid qilinganda ishlab chiquvchi gormon) gormonini ko'proq ishlab chiqilishiga olib keladi va inson ushbu musiqaga tobe bo'lib qoladi (bog'lanib qoladi) bunga sabab aynan dofamindir.

Musiqa eshitish jarayonida miyya doimiy tarzda va o'zi bilmagan holda ushbu musiqaning davomi qanday bo'lishi haqida o'ylayveradi (kutadi) bu kutish musiqani yana va yana eshitishga chorlaydi insonni.

Dofaminga qaytadigan bo'lsak.
Nega u musiqaga bog'lanishimiz uchun asosiy sabab ?

Agar inson narkotik vositasini qabul qilsa, spirtli ichimliklar ichishi, sigareta va shunga o'xshash maxsulotlar qabul qilganida inson organizmida aynan dofaminning juda ko'p miqdorda suni'it ishlab chiqarilishi kuzatiladi va bu holat yuqoridagi maxsulotlardan roxat olish, ularning tasirida kayfiyat ko'tarilishi kabi hodisalar sababidan. Inson har gal shu maxsulotni ko'rganida yoki qabul qilish vaqti yaqinlashganida organizmda dofamin yana juda ko'p miqdorda ishlab chiqariladi va odamni (humor) bosadi u shu ishni yana qilgisi keladi uning miyyasi shu harakat ortidan keluvchi rag'bat haqida biladi va unga bo'lgan talab ortib boradi.
Musiqada ham shunga o'xshash holat inson ma'lum bir holatlarda musiqa eshitishga odatlanadi masalan : mashina rulida,ko'chada,stress payti........ va bundan inson rag'bat oladi.

Qisqa qilib aytganda musiqa eshitish orqalik olingan dofamin va accumbens yadrosining faoliyati miyyani musiqaga qaram va doimiy eshitish uchun uni odatlantirib qo'yadi.

P.S : 21-asr bepul narkotigi Musiqa .
23 views13:45
Ochish/sharhlash
2022-12-23 20:24:16 ​#Qarashlar

Shunga iqror bo'ldim hursand yoki darg'azab vaqtlarda qabul qilgan qarorlarimning ko'pi noto'g'ri bo'lib chiqyapti, bergan va'dalarimning ko'pini unutib qo'yyapman, insonlar bilan suxbatda o'ylamay gapirib qo'yayapman.

Shu holatdan kelib chiqqan holda hursandchilik yoki g'azab vaqtida va'da bermaslikka va qaror qabul qilmaslikka harakat qilyapman ammo bu unchalar onson ish emas ekanda chunki bu vaqtlarda miyya diqqatni yo'qotar ekan va hissiyot ongli qarashlardan ko'ra ko'proq miyyaga ta'sir o'tkazar ekan.

Bu holatlardan qochish uchun doimiy eslatmalar kerakmi deb o'ylab qoldim, kamroq kulgu va har narsaga ham e'tibor beravermaslik ammo uni tahlil qilib borish kerakmi (ehtiyot shart). Zero inson g'aflatda qolmasligi kerak u bir oz g'aflati uchun shayton yoki nafsi tomonidan u tomon hujum bo'lishi mumkinligi haqida o'ylab qoldim.

O'ylashimcha ko'p gapirish va ortiqcha hissiyotlar huddiki chiroylik finjonga quyib berilgan bir uyqu doridek.
37 views17:24
Ochish/sharhlash
2022-12-22 11:35:29 Ey do'st sen bilan o'tgan har bir lahza men uchun qadrli.

Esingdami har qanday vaziyatda ham kulish uchun sabab topa olardik, kunning qanday o'tgani muhim emas ammo sen bilan bo'lgan suxbatda ba'zan tortishish ba'zan hazillashish uchun o'zimda kuch topardim.

Sen bilan ajralmas edik doim birga va huddi aka ukadek balkim undan ham mustahkam rishta bog'lar edi bizni.

Sen bilan o'tgan onlar hotiramning qaysi burchagida bo'lmasin eslay olaman qiyomatlik do'st)).
50 views08:35
Ochish/sharhlash
2022-12-19 21:29:13 Bugungi kun :

Hali juda ko'p narsani bilmasligim va o'rganishim kerakligini.

Agar inson bir yaxshi holatda bo'lgan bo'lsa va o'zini erkin tashlab qo'ygan bo'lsa u holatini yo'qotishi mumkinligini.

Vaqt qanchalar oz ammo egalik qilmoqchi bo'lganimiz maqsad naqadar uzoq va qimmat ekanini tushundim.

Qisman....
59 views18:29
Ochish/sharhlash
2022-12-19 08:33:39 Qissadan keltirilgan: Tepadagi satrlar yuragimni parchalaganlaridan edi.....
69 views05:33
Ochish/sharhlash
2022-12-19 08:32:16 Halqa qissa.

Agar qissani o'qigan bo'lsangiz va yana o'qish istagi paydo bo'lsa:

Agar o'qimagan bo'lsangiz ammo oqish istagi paydo bo'lgan bo'lsa:

Do'stlaringizga ham ulashing
69 viewsedited  05:32
Ochish/sharhlash
2022-12-19 08:27:45 Halqa qissasidan parcha!


Kofirlar poydevorni yo'qotish tugul, joyidan siljita olmasliklariga iqror bo'lganlaridan so'ng, uning ustini tuproq bilan yopishga kirishdilar.

Bu ishlarni ular - San'at niqobi ostidagi shaytoniy o'yin kulgular, ko'ngilxushliklar, sport nomi bilan atalgan qimorlar -futbol, basketbol, boks..... va odamlarning pul uchun, shuxrat uchun, boshqa xech qanday sababsiz bir birlarini urib o'ldirishkarii; Sanog'i va adadi ko'rinmaydigan maishatlar, bexayoliklar, xirs va shaxvat qulligiga da'vat qilish: oshkora faxsh, oshkora lo'ttibozlik.

Gunohlarni huquq o'laroq taqdim etish vositasida amalga oshirdilar.

Musulmonlar ommatan bu hiylaga aldanib qoldilar. Aslida qo'lda quroli bo'lmagan musulmonni, butun dunyoning qurolini yig'ib kelsa ham, kofir yenga olmaydi. Musilmon o'z iymoniga ters ishni qilgan nuqtadan boshlab kofirning xujumisiz xam mag'lubiyatga uchraydi. Sharmandalarcha asir tushadi. Bizning ahvolimiz shunday kechdi.

Alloh yer yuzini musilmonlar uchun xujjatlashtirib berdi. Alloh musulmonlarga yer yuzini zabt etib, Islomni joriy etishni buyurdi. Biroq musulmonlar buni unutdilar. Ular o'zlarining koinot ichidagi mavqeini yoddan chiqardilar. Ular odam ishining nizomini yuritishlari lozim ekanligini faromush qilib, yarim kosa ovqat bilan to'yadigan qornining ichiga qamalib olishdi.

Ularga jon fido qiladigan ayollarning poyiga tiz cho'kdilar. Oyoqlari ostidagi zarra qadr topa olmaydigan boyliklarga mukkasidan ketdilar. Alloh bizni shuning uchun jazoladi.....


Halqa qissasidan parcha!
64 viewsedited  05:27
Ochish/sharhlash
2022-12-19 08:07:35 Halqa qissasidan parcha!

Mudxishi shuki, kelajak nasllarni dushman qo'lida qoldirmoqdamiz. Tug'iladigan bolalarimiz Alloh deb, Muhammad Rasululloh Sollallohu Alayhi va Sallam deb, millatim, davlatim, xalqim deb til chiqarmaydi.

Ularning tili To'g'utning ismini takrorlash ila chiqadi, oyog'i shaytonni qadami bilan bosiladi. O'zligidan yiroqlashib, Allohga munokar bo'ladigan, biri ikkinchisini vaxshiylarcha qiradigan, eng daxshatli qiynoqlarga soladigan bir avlod dunyoga keladi. Bu avlod o'tmishga tupuradi, kelajakni ko'rmaydi, o'zini maktab, hudo deb ataydi. Olimlari jaxolatni, qozilari razolatni tutadi. Voliylari xiyonat-la, mirshablari jinoyat-la tirikchilik o'tkazadi.Shoirlari munofiq, adiblari kazzobdir.

Voizlarining yagona ishi xalqni aldashdan iborat. Bu avlod xaqgo'ylarni o'ldiradi, mo'minlarni azobga soladi, taqvo axlini yolg'onchiga chiqaradi.

Katta izzatni, kichigi xurmatni bilmaydi. Ayollar erlikni, erlari ayollikni hohlaydi.

Bu avlod o'z halokatini ko'radi, biroq xiss etmaydi. O'z saodatini anglaydi ammo intilmaydi. Xamma chiroyli ishlarni ziynat uchun bajaradigan, biror kas qalbini isloh etishga ishtiyoq topmaydi.

Bu avlodning biri ikkinchisini sotadi, boshqasi boshqasiga firib beradi, xargiz boshi birikmagay, xargiz axillik neligini bilmagay!.....

Halqa qissasidan parcha!
43 viewsedited  05:07
Ochish/sharhlash
2022-12-16 18:22:55 #Qarashlar

Har bir insonda tanlash huquqi bor va albatta hamma o'z prinsplari asosida yashashni yoqtiradi inson uchun o'zligi yuqori o'rinda turadi ko'p hollarda. Insondagi ba'zi vaziyyatlarga qarash unga fikr bildirish va o'z pozitsiyasini ko'rsatish bu odatiy hol va bugungi kun uchun normal holat.

Madaniyat ham ushbu prinsplar insonning barchaga shu jumladan o'ziga bo'lgan munosabatlaridan, uning qadriyatlaridan unda madaniyat odob-ahloq rivojlanadi va qaysi o'rinda o'zini qanday tutish va qanday gapirishni inson o'z qadriyatlari asosida tanlaydi va ishlatadi. Inson umri davomida o'zida hulq atvorni harxil tomonga o'zgarishini kuzatishi mumkin (atrof muhit ta'sirida) bu esa hamma bilan bo'ladigan holat.

Ammo inson o'z prinsplarini qarashlarini ko'r ko'rona va xissiyotga berilgan holda shakllantirishi bu noto'g'ri va bu avvalo o'ziga keyinchalik jamiyatga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Har qanday vaziyat yoki masalaga o'zvoshimchalik bilan fikr bildirish va boshqalar fikrini inobatga olmagan holda munosabat bildirish bu yaxshi ish emas.

O'ylashimcha insondagi barcha qarashlar, qadriyatlar, prinsplar, odob-ahloq va shunga o'xshash shaxsiy hodisalarni ilm asosida rivojlantirish eng to'g'ri yo'ldir. Ilm orqalik rivojlangan har qanday inson o'ylashimcha hatolar qilishdan qochadi, o'zining yo'lini aniqlay oladi va ko'p hollarda to'g'ri va oqilona qarorlar qabul qiladi. Agar inson ilmni uqigan holda o'rgangan bo'lsa xato qilgan mahal uni tan oladi va atrofdagi insonlar fikrini ham bir eshitadi va ularni tahlil qilgan holda yo'l tutadi (bilmaganini so'raydi).

Jamiyat bilan ishi bo'lmagan menga o'z qarashlarim to'g'ri ular fikri menga qiziq emas, men doim shunday bo'laman va menga bu holatim yoqadi deyish bu nafsning gaplari (ongli gap emas).

P.S : Inson uchun mukammal odob-ahloq va shunga o'xshash jabhalarni Islom dinidan topa oladi (Ushbu ilm ochiq va hamma uchun birhildir).
56 views15:22
Ochish/sharhlash