Get Mystery Box with random crypto!

​#Qarashlar Shunga iqror bo'ldim hursand yoki darg'azab vaqt | Jasur Khakimov blog

​#Qarashlar

Shunga iqror bo'ldim hursand yoki darg'azab vaqtlarda qabul qilgan qarorlarimning ko'pi noto'g'ri bo'lib chiqyapti, bergan va'dalarimning ko'pini unutib qo'yyapman, insonlar bilan suxbatda o'ylamay gapirib qo'yayapman.

Shu holatdan kelib chiqqan holda hursandchilik yoki g'azab vaqtida va'da bermaslikka va qaror qabul qilmaslikka harakat qilyapman ammo bu unchalar onson ish emas ekanda chunki bu vaqtlarda miyya diqqatni yo'qotar ekan va hissiyot ongli qarashlardan ko'ra ko'proq miyyaga ta'sir o'tkazar ekan.

Bu holatlardan qochish uchun doimiy eslatmalar kerakmi deb o'ylab qoldim, kamroq kulgu va har narsaga ham e'tibor beravermaslik ammo uni tahlil qilib borish kerakmi (ehtiyot shart). Zero inson g'aflatda qolmasligi kerak u bir oz g'aflati uchun shayton yoki nafsi tomonidan u tomon hujum bo'lishi mumkinligi haqida o'ylab qoldim.

O'ylashimcha ko'p gapirish va ortiqcha hissiyotlar huddiki chiroylik finjonga quyib berilgan bir uyqu doridek.