Get Mystery Box with random crypto!

#Qarashlar Har bir insonda tanlash huquqi bor va albatta hamm | Jasur Khakimov blog

#Qarashlar

Har bir insonda tanlash huquqi bor va albatta hamma o'z prinsplari asosida yashashni yoqtiradi inson uchun o'zligi yuqori o'rinda turadi ko'p hollarda. Insondagi ba'zi vaziyyatlarga qarash unga fikr bildirish va o'z pozitsiyasini ko'rsatish bu odatiy hol va bugungi kun uchun normal holat.

Madaniyat ham ushbu prinsplar insonning barchaga shu jumladan o'ziga bo'lgan munosabatlaridan, uning qadriyatlaridan unda madaniyat odob-ahloq rivojlanadi va qaysi o'rinda o'zini qanday tutish va qanday gapirishni inson o'z qadriyatlari asosida tanlaydi va ishlatadi. Inson umri davomida o'zida hulq atvorni harxil tomonga o'zgarishini kuzatishi mumkin (atrof muhit ta'sirida) bu esa hamma bilan bo'ladigan holat.

Ammo inson o'z prinsplarini qarashlarini ko'r ko'rona va xissiyotga berilgan holda shakllantirishi bu noto'g'ri va bu avvalo o'ziga keyinchalik jamiyatga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Har qanday vaziyat yoki masalaga o'zvoshimchalik bilan fikr bildirish va boshqalar fikrini inobatga olmagan holda munosabat bildirish bu yaxshi ish emas.

O'ylashimcha insondagi barcha qarashlar, qadriyatlar, prinsplar, odob-ahloq va shunga o'xshash shaxsiy hodisalarni ilm asosida rivojlantirish eng to'g'ri yo'ldir. Ilm orqalik rivojlangan har qanday inson o'ylashimcha hatolar qilishdan qochadi, o'zining yo'lini aniqlay oladi va ko'p hollarda to'g'ri va oqilona qarorlar qabul qiladi. Agar inson ilmni uqigan holda o'rgangan bo'lsa xato qilgan mahal uni tan oladi va atrofdagi insonlar fikrini ham bir eshitadi va ularni tahlil qilgan holda yo'l tutadi (bilmaganini so'raydi).

Jamiyat bilan ishi bo'lmagan menga o'z qarashlarim to'g'ri ular fikri menga qiziq emas, men doim shunday bo'laman va menga bu holatim yoqadi deyish bu nafsning gaplari (ongli gap emas).

P.S : Inson uchun mukammal odob-ahloq va shunga o'xshash jabhalarni Islom dinidan topa oladi (Ushbu ilm ochiq va hamma uchun birhildir).