Get Mystery Box with random crypto!

Shirinkentda zamonaviy mahalla markazi barpo etildi Mustaqill | Jomboy tumani hokimligi

Shirinkentda zamonaviy mahalla markazi barpo etildi

Mustaqilligimizning 31 yilligi arafasida tumanimizda qator ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi. Jumladan, Shirinkent mahalla fuqarolar yig‘ini binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov, tuman hokimi Q.Sobirov, mahalla ahli, faxriylar va yoshlar ishtirok etdi.

Tuman hokimi Qayum Sobirov so‘zga chiqib, eng ulug‘, eng aziz ayyom munosabati bilan shirinkentliklarni tabrikladi. Aholi turmush sharoitini yaxshilash, odamlarda ertangi kunga ishonchni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtaldi. Bunda mahallaning ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi. Bino qurilishda fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng jamoatchilik vakillari binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram