Get Mystery Box with random crypto!

Xitoypoyonliklar endi qishloqning o‘zida tibbiy xizmatdan foyd | Jomboy tumani hokimligi

Xitoypoyonliklar endi qishloqning o‘zida tibbiy xizmatdan foydalanadi

Xitoypoyon mahallasida yangi tibbiyot markaz foydalanishga topshirildi. Endilikda hududda istiqomat qiluvchi 3000 nafar aholi qishloqning o‘zida tajribali shifokorlar xizmatidan foydalana oladi.

– Tibbiy markazimizda bir nafar oila shifokori va besh nafar patronaj hamshiralar aholiga sifatli xizmat ko‘rsatadi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Tozagul Xoliqova. – Bu yerda EKG, pulsoksametr, FIK, mikroskop va laboratoriya uskunalari muvjud.

Ma’lumot uchun, yil boshidan beri tumanimizda 11 ta tibbiy markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram