Get Mystery Box with random crypto!

Aziz yurtdoshlar! Jonajon yurtimiz mustaqilligining 31 yillig | Jomboy tumani hokimligi

Aziz yurtdoshlar!

Jonajon yurtimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan barchangizni samimiy tabriklayman!

Davlat mustaqilligi ko‘p ming yillik tariximizdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyatli yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqeadir.

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida nishonlanayotgan bu yilgi ayyom har yilgidan fayzli o‘tmoqda.

Ushbu shukuhli daqiqalarda xalqimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, xonadonlarimizga qut-baraka tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan

Qayum SOBIROV,
Jomboy tumani hokimi.


Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram