Get Mystery Box with random crypto!

Shaxnoza Joldasova

Telegram kanalining logotibi joldasova_shaxnoza — Shaxnoza Joldasova S
Telegram kanalining logotibi joldasova_shaxnoza — Shaxnoza Joldasova
Kanal manzili: @joldasova_shaxnoza
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.39K
Kanalning ta’rifi

Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bo'lim boshlig'i;
Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchisi;
Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-08-31 11:40:05
#tabrik

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi barchamizga muborak bo'lsin.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu bayram bilan samimiy qutlaydi.

@Yoshlar_Parlamenti_official
110 views08:40
Ochish/sharhlash
2022-08-30 11:45:54


Kecha Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʼyicha komissiyasi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bagʼishlab “Mustaqillik — ulugʼ neʼmat” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

Unda Qonunchilik palatasi spikeri o'rnibosari Odiljon Tojiyev ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy suhbatlashdilar va o'zlarining yoshlar siyosatidagi tajribalari bilan bo'lishdilar.

Tadbirda Yoshlar tomonidan qator takliflar ilgari surildi. Xususan, yoshlar parlamenti a'zosi Xurshid Botirov tomonidan OTMlarda xotin-qizlarning o'qishini ta'minlash uchun ona va bola xonasini tashkil etish, OTMlarda imkoniyati cheklangan talabalar uchun sharoit yaratilishini ta'minlash va buni o'rganish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Asosiy tadbir yakuniga yetgandan so'ng tashrif buyurgan yoshlar Parlament muzeyi hamda Parlament kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Batafsil: https://parliament.gov.uz/uz/events/committee/39752/?clear_cache=Y

@joldasova_shaxnoza
213 views08:45
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:17:08
Янги Ўзбекистон — вакиллик органлари ривожининг янги босқичи

Ватанимиз мустақиллигининг 31 йиллиги «Янги Ўзбекистонда эл азиз, инсон азиз» деган бош ғоя асосида кенг нишонланмоқда. Ушбу ғоя замирида чуқур маъно бор. Зеро, сўнгги йилларда «инсон – жамият – давлат», «давлат – инсон учун», «инсон қадрини улуғлаш», «инсон қадри учун» каби тамойил ва тушунчалар реал ҳаётимизга чуқур кириб бормоқда. Мустақиллик шукуҳи кезиб юрган айни дамларда қайси соҳа ёки тармоқда бўлмасин, амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотларнинг тагзамирида инсон қадрини улуғлаш, халқимизни ўйлантираётган масалаларга ечим топиш мақсади турганига барчамиз гувоҳ бўляпмиз.

БАТАФСИЛ

Facebook | Telegram | YouTube| Instagram
134 views06:17
Ochish/sharhlash
2022-08-28 16:56:38


Kecha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining ta'sis yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda Kengashning asosiy maqsad va vazifalari hamda boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, yigʻilishda Kengash raisi va uning oʻrinbosarlari saylandi.

Batafsil: https://anticorruption.uz



Shuxrat Polvanov (Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kutlrashish va sud-huquq masalalari qo'mitasi) - Kengash raisi;
Gulnora Babadjanova (O'zbeksiton jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori) - rais o'rinbosari;
Kamoliddin Ishanxodjayev (O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi raisi) - rais o'rinbosari.

P/s¹: kamina ham endilikda shu Kengash a'zosi sifafida o'z faoliyatini olib boradi

P/s²: o'tgan safar ham bu borada ko'p yangiliklar bo'lgandi. Ishonchim komil, Agentlikning ajoyib jamoasi hamda hozirgi Kengash bilan ko'p ishlarni amalga oshirish mumkin
368 views13:56
Ochish/sharhlash
2022-08-27 13:08:23
#Мустақиллик_менинг_тақдиримда

Шаҳноза Жолдасова,
Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ҳузуридаги
Ёшлар парламенти раиси

Facebook | Telegram | YouTube| Instagram
176 views10:08
Ochish/sharhlash
2022-08-26 19:10:27


Inson chin dildan istasa masofa ham hech gap emas ekan...

Bugun sal kayfiyatim yo'qroq edi. Qadrli do'stim Samandar Ismoilov esa buni sezgandek Londondan pochta jo'natibdi (har bir narsada hikmat bor. Bekorga bugunga pochta kelishi to'g'ri kelmagan ). Avvaliga Akmal Sultonov hamda Анвар Эгамқул larning rasmini ko'rib endi janjal qimoqchidim. Akmal aka bor bo'sinlar kech bo'sayam shu qiz gapirmasin dib ob keb berdilar

Do'stim, katta rahmat. Sovg'adanam ko'ra masofalar osha mehr va e'tibor yuborganingizdan suyundim. Sizga ham bayram muborak! O'qishlarni a'lo baholarda tamomlab qaytishingizga tilakdoshman. Boringizga shukr

@joldasova_shaxnoza
230 views16:10
Ochish/sharhlash
2022-08-25 12:09:45


Bugun O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashining II Plenumi bo'lib o'tdi.

Unda Partiya va uning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining 2022-yil 1-yarim yillikdagi faoliyati muhokama qilindi. Biz ham Markaziy kengash a'zosi hamda yoshlar vakili sifatida ishtirok etdik.

Adolatli e'tirof etish kerak, Partiyaning ishlash tizimi mutlaqo o'zgargan. Har bitta yo'nalish bo'yicha mustahkam tizim yaratilmoqda. Ayniqsa yoshlar yo'nalishdagi ishlari barchaga na'muna.

Markaziy kengash raisi Alisher Qodirov tomonidan Yoshlar parlamenti faoliyati ham e'tirof etildi. Partiyaning bu yo'nalishdagi sifatli faoliyati asosida bugun aynan shu partiyadan saylangan a'zolar Yoshlar parlamentining ustunlari hisoblanadi.

Quvonarlisi, Yoshlar parlamentining qator a'zolari, xususan, Nodirbek Murodov va Elyor Keldiyorovlar Partiyaning xodimlari sifatida o'z faoliyatini boshladi. Bu esa Partiyaning Yoshlar parlamentiga bo'lajak kadr sifatida qarashining yorqin na'munasi.

@joldasova_shaxnoza
449 views09:09
Ochish/sharhlash