Get Mystery Box with random crypto!

Kecha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoa | Shaxnoza Joldasova



Kecha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining ta'sis yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda Kengashning asosiy maqsad va vazifalari hamda boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, yigʻilishda Kengash raisi va uning oʻrinbosarlari saylandi.

Batafsil: https://anticorruption.uz



Shuxrat Polvanov (Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kutlrashish va sud-huquq masalalari qo'mitasi) - Kengash raisi;
Gulnora Babadjanova (O'zbeksiton jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori) - rais o'rinbosari;
Kamoliddin Ishanxodjayev (O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi raisi) - rais o'rinbosari.

P/s¹: kamina ham endilikda shu Kengash a'zosi sifafida o'z faoliyatini olib boradi

P/s²: o'tgan safar ham bu borada ko'p yangiliklar bo'lgandi. Ishonchim komil, Agentlikning ajoyib jamoasi hamda hozirgi Kengash bilan ko'p ishlarni amalga oshirish mumkin