Get Mystery Box with random crypto!

Kecha Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʼyicha kom | Shaxnoza Joldasova



Kecha Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʼyicha komissiyasi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bagʼishlab “Mustaqillik — ulugʼ neʼmat” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

Unda Qonunchilik palatasi spikeri o'rnibosari Odiljon Tojiyev ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy suhbatlashdilar va o'zlarining yoshlar siyosatidagi tajribalari bilan bo'lishdilar.

Tadbirda Yoshlar tomonidan qator takliflar ilgari surildi. Xususan, yoshlar parlamenti a'zosi Xurshid Botirov tomonidan OTMlarda xotin-qizlarning o'qishini ta'minlash uchun ona va bola xonasini tashkil etish, OTMlarda imkoniyati cheklangan talabalar uchun sharoit yaratilishini ta'minlash va buni o'rganish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Asosiy tadbir yakuniga yetgandan so'ng tashrif buyurgan yoshlar Parlament muzeyi hamda Parlament kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Batafsil: https://parliament.gov.uz/uz/events/committee/39752/?clear_cache=Y

@joldasova_shaxnoza